Markaziy bank axborot xizmati joriy yilning 9 oyidagi ichki valyuta bozoridagi holat va 2020 yil yakuniga qadar kutilayotgan dollar tendensiyalar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, so‘nggi ikki oy davomida karantin bilan bog‘liq cheklovlarning yumshatilishi hamda iqtisodiy faollikning asta-sekinlik bilan tiklanib borishi ta’sirida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaga bo‘lgan talabning nisbatan yuqori darajada bo‘lishi kuzatildi. Bu asosan karantin sharoitlarida qondirilmagan talabning ma’lum bir kechikish orqali yuzaga chiqishi bilan izohlanadi.

2020 yilning yanvar-sentabr oylari davomida ichki valyuta bozorida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan jami 10,7 mlrd. dollarlik xorijiy valyuta sotib olindi. Mazkur davrda ichki valyuta bozorida xorijiy valyutadagi umumiy taklif hajmi 7,0 mlrd. dollarni tashkil etib, qolgan 3,7 mlrd. dollarlik talab esa Markaziy bankning intervensiyalari hisobiga to‘liq qondirildi.

2020 yilning 9 oyi davomida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali respublikaga kelib tushgan valyuta mablag‘lari hajmi 4,3 mlrd. dollarni tashkil etdi. Sentabr oyida pul o‘tkazmalari miqdori 638 mln. dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8 foizga oshdi. Bu o‘z navbatida, xalqaro pul o‘tkazmalari hajmining muvozanatlashib borayotganligidan dalolat beradi.

Mazkur davrda jismoniy shaxslar tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali sotilgan chet el valyutasi miqdori 3,2 mlrd. dollarni tashkil etib, ayni paytda ular tomonidan 2,9 mlrd. dollar sotib olindi.

Hozirgi kunda jismoniy shaxslar bilan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari kassalarida naqd xorijiy valyuta qoldig‘i 480-550 mln. dollar miqdorida bo‘lishi ta’minlanmoqda.

manba

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 27 iyul kuni yashirin iqtisodiyotimizning qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda mamlakatimizda yashirin iqtisodiyot darajasi yuqori ekanligi aytilib, keyingi yillarda biznesga qo‘shimcha qulayliklar yaratish orqali yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish choralari ko‘rilayotgani takidlandi. Biroq, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yetarli emasligi qayd etilib, galdagi vazifalar muhokama qilindi.

Yashirin iqtisodiyotning o‘zi nima?
Yashirin iqtisodiyot bu jamiyat tomonidan nazorat qilib bo‘lmaydigan, mamlakat aholisining bir qismini tashkil qiluvchi shaxslarning katta miqdorda qo‘shimcha daromad olishni ko‘zlab, davlat organlari boshqaruvi va nazoratidan yashiringan holda tadbirkorlik faoliyati bilan qonunga zid ravishda shug‘ullanishdir.

Yashirin iqtisodiyot sohasidagi faoliyat miqiyosi juda kengdir. Shu sababli yashirin iqtisodiyot, asosan, ikki turga ajratiladi: qonun tomonidan taqiqlanmagan (ro‘yxatga olinmaydigan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi yashirin iqtisodiy faoliyat) hamda qonun bilan taqiqlangan (giyoxvand moddalar, qurol savdosi kabi qonun bilan taqiqlangan faoliyat) yashirin iqtisodiy faoliyat.

Yashirin iqtisodiyotning birinchi ko‘rinishida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar litsenziya, soliq va boshqalarga ketadigan harajatlardan qochish maqsadida ataylab rasmiy ro‘yxatdan o‘tishmaydi va bu faoliyat to‘g‘risidagi hisobot umuman ko‘rib chiqilmaydi. Ikkinchi ko‘rinishida esa, qonun tomonidan ta’qiqlab qo‘yilgan tovar va xizmatlarni ishlab chiqish va sotish bilan bog‘liq noqonuniy iqtisodiy faoliyatdir. Bu iqtisodiy faoliyatga normal iqtisodiy hayotga to‘g‘ri kelmaydigan, uni buzadigan barcha faoliyat turlari kiradi.

Yashirin iqtisodiyot nima uchun rivojlanadi?
Yashirin iqtisodiyotning rivojlanishiga asosiy sabablardan biri davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishda yo‘l qo‘yiladigan xatoliklardir. Bularga erkin bozor iqtisodiyotiga zid ravishda qabul qilingan qarorlar, puxta o‘ylanmay joriy etilgan cheklovlar va ularga barcha tomonidan rioya qilinmaslik, insofli tadbirkor sifatida faoliyat yuritib raqobat maydonida yashab qolishning mushkulligi yoki imkonsizligi, boshqaruvning byurokratlashtirilganligi hamda korrupsiyalashganligi, soliq stavkalarining yuqoriligi va boshqalar sabab bo‘ladi.

Yashirin iqtisodiyotimizning rivojlanishi oqibatlari qanday bo‘ladi?
Avvalambor shuni ta’kidlab o‘tish joizki, yashirin iqtisodiyotni butunlay yo‘q qilib tashlashning imkoni yo‘q. Eng yaxshi iqtisodiy boshqaruvga ega bo‘lgan davlatlarda ham yashirin iqtisodiy faoliyat hajmi kamaytirilgan, butunlay yo‘q qilishga erishilmagan. Umuman olganda, yashirin iqtisodiyotning umume’tirof qilingan ma’yorlariga ko‘ra, uning darajasi 18-22 foizdan oshmagani ma’qul.

Undan yuqori bo‘lsa mamlakat iqtisodiyotiga zarar ko‘radi, kam bo‘lsa iqtisodiyot to‘g‘ri ishlayotgan bo‘ladi. Shu bilan birga, ayrim holatlarda yashirin iqtisodiyotning ijobiy tomonlari ham kuzatilgan, chunonchi, iqtisodiy krizislar davrida ishsizlar ko‘paygan sharoitda odamlar norasmiy sektorlarda ishlab turganlar. Bu esa odamlarni nochor ahvolga tushib qolishlaridan saqlab qolgan yagona yo‘l bo‘lgan.

Ammo, yashirin iqtisodiyotning jamiyatga ta’siri ijobiydan ko‘ra ko‘proq salbiydir. Bir tomondan, jamiyat daromadlarini nisbatan kam sonli imtiyozli guruhlar foydasiga ijtimoiy adolatga zid ravishda qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi. Ikkinchi tomondan, iqtisodiyotning normal boshqaruv tizimi buziladi, odamlarda davlat(boshqaruv) ga nisbatan ishonchi yo‘qoladi va “hamma narsa mumkin” shiori ostida yashay boshlaydilar. Bularning oqibatida jamiyat tartibsizlik va beqarorlikka yuz tutadi.

Yashirin iqtisodiyot qanday bartaraf etiladi?
Avvalambor, bu masala muxtaram Prezidentimiz takidlaganlaridek, rivojlangan davlatlarning bosib o‘tgan yo‘llari chuqur tahlil qilib, xalqaro tashkilotlar ekspertlarini jalb qilgan holda, ehtiyot bo‘lib, iqtisodiy faollikka zarar yetkazib qo‘ymasdan, davlat organlari, biznes va jamoatchilik hamjihatligida, bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim.

Yashirin iqtisodiyotni bartaraf etish va biznesni “soya” dan chiqarish uchun ma’muriy usullar(taqiqlash va jazolash) dan voz kechish lozim. Qonuniy biznes yuritish uchun barcha tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilarga teng bo‘lgan shart-sharoitlarni o‘rnatish (resurslar va xizmatlar bozoridagi manopoliyani yo‘q qilish, hech bir ishtirokchiga imtiyozlar bermaslik), biznes harajatlarni adolatli miqdorda belgilash (soliqlar, majburiy to‘lovlar, bojlarni kamaytirish), byurokratiyani qisqartirish (ro‘yxatga olish, ruxsat berish tartib-qoidalarini soddalashtirish, tekshirishlarni ixchamlashtirish va takomillashtirish).

Raqamli iqtisodiyotimizning rivojlantirish va iqtisodiyotimizga joriy etish. Hammamizga ma’lumki, iqtisodiyotni raqamlashtirilishi yashirin iqtisodiyotni sezilarli ravishda kamaytiradi. Chunki raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi, kerak paytda ma’lumotlarni tez taqdim etadi. Bunday sharoitda biron ma’lumotni yashirish, yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida to‘liq axborot bermaslikning iloji yo‘q. Ushbu tizim iqtisodiyotga legal mablag‘lar oqimini oshiradi. Soliqlar o‘z vaqtida va to‘g‘ri to‘lanadi, byurokratiyaning oldini oladi, inson aralashuvi kamayadi.

Qonuniy biznes yuritish jozibadorligini oshirish. Bir haqiqatga ochiq ko‘z bilan qarashimiz lozim, qonunga zid ravishda “soya” da faoliyat yuritayotgan biznes vakillari doimo tahlika va xavotir ichida faoliyat yuritadilar. Ular nazorat qiluvchi organlar bilan turli noqonuniy yo‘llar bilan kelishishga majbur bo‘ladilar, mol-mulklarini qonuniy ximoya qila olmaydilar, davlatning qo‘llab-quvvatlovidan bebahra qoladilar(pandemiya kabi holatlarda), shuningdek, ularga bir zumda mol-mulklaridan ayrilish, ma’muriy, hattoki, jinoiy javobgarlikka tortilish kabi noxush holatlar xavf solib turadi. Ularning bu kabi behalovatliklarga rozi bo‘lishning sababi noteng shart-sharoitlar, biznes harajatlarining adolatsizligi va byurokratiya kabi sharoitlarda raqobat maydonida yashab qolishdir. Qonuniy biznes yuritish jozibadorligiga yuqoridagi illatlarni bartaraf etmay erishib bo‘lmaydi.

Yuqoridagilar bilan bir qatorda, tadbirkorlik faoliyati bilan noqonuniy shug‘ullangan va o‘z daromadlarini yashirgan barcha tadbirkorlik sub’ektlariga amnistiya qo‘llash, ya’ni belgilangan amnistiya muddati ichida tadbirkorlar o‘z daromadlarini hech qanday to‘siqlarsiz va ortiqcha tekshiruvlarsiz qayd etib, legallashtirishlari hamda faoliyatlarini davom ettirishlari uchun qonuniy imkoniyatlar yaratish.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020 yil 27 iyul kuni yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilish va unda belgilab olingan ustivor vazifalar iqtisodiyotimizning buguni va kelajagi uchun muxim ahamiyatga ega.

Ko‘plab yaxshi iqtisodiy boshqaruvga ega bo‘lgan davlatlarda yashirin iqtisodiyotning ulushi va ta’sirini minimal darajada kamaytirishga erishilgan. Bu esa oddiy aholi turmush darajasi yuqori darajada bo‘lishiga zamin yaratgan.

TDYUU Ixtisoslashtirilgan filiali
Davlat-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri
M.S.Boltayev

Dunyo iqtisodiyotining koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan inqirozdan keyin tiklanishi uchun besh yilgacha vaqt ketadi. Bu haqda Jahon bankining bosh iqtisodchisi Karmen Reynxart ma’lum qildi.

Karantin bilan bog‘liq barcha cheklov choralari bekor qilinishi ortidan jadal o‘sish yuz beradi, ammo to‘liq tiklanish besh yilgacha vaqtni oladi“, – deya Reynxartning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Reyter agentligi.

Reynxartning fikricha, inqirozdan so‘ng dunyoda 20 yil ichida ilk bor qashshoqlik darajasi o‘sadi. Iyunda Jahon banki 2020 yilda dunyo iqtisodiyoti Ikkinchi jahon urushi davridan buyon rekord darajada – 5,2 foizga pasayishini taxmin qilgandi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 30 milliondan oshgan.

manba

Hokimlar faoliyatiga baho berishning yangi mezoni belgilandi

Tuman va shahar hokimlari bir oyda 2-3 kun faqat raqamlashtirish bilan shaxsan shug‘ullanishi belgilandi. Ularning faoliyatiga hududda raqamlashtirish qay darajada yo‘lga qo‘yilganiga qarab baho beriladi. Bu sohada yaxshi natija ko‘rsatgan rahbarlarga 30 foizgacha ustama joriy qilinadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 22 sentabr kuni tarmoq va hududlarda raqamli iqtisodiyot hamda elektron hukumatni joriy qilish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Prezident matbuot xizmati xabarida aytilishicha, 2020 yil O‘zbekistonda «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» deb e’lon qilinib, bu borada katta ishlar boshlandi. Xususan, 28 aprelda «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident mezoni qabul qilindi.

Bugungi videoselektor yig‘ilishida shu borada amalga oshirilayotgan ishlar, joriy yil yakuni va 2021 yil birinchi choragiga mo‘ljallangan loyihalar muhokama etildi.

– Tarmoq va hudud rahbarlari raqamlashtirishsiz natija, rivojlanish bo‘lmasligini tushunib yetishi shart. Barcha darajadagi rahbarlar buni o‘ziga kundalik vazifa sifatida belgilab, raqamlashtirish sohasini alifbosidan boshlab chuqur o‘rganishi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qayd etilishicha, joriy yil yakuni bo‘yicha har bir tarmoq va hudud rahbari raqamli iqtisodiyot sohasida keskin o‘zgarish qilishi zarurligi aytildi. Prezident bu yangilanishlarni odamlar o‘z hayotida, byurokratiya va korrupsiya kamaygani misolida, davlat xizmatlarini ko‘rsatish tezlashganida sezishi lozimligini ta’kidladi.

Tuman va shahar hokimlari bir oyda 2-3 kun faqat raqamlashtirish bilan shaxsan shug‘ullanishi belgilandi. Ularning faoliyatiga hududda raqamlashtirish qay darajada yo‘lga qo‘yilganiga qarab baho beriladi. Bu sohada yaxshi natija ko‘rsatgan rahbarlarga 30 foizgacha ustama joriy qilinadi.

«Davlatimiz rahbari har doim avvalo aholi eng ko‘p to‘qnash kelayotgan sohalarni raqamlashtirish, odamlarning og‘irini yengil qilish zarurligini ta’kidlaydi. Shu talabdan kelib chiqib, ishchi guruhlar tomonidan 530 ta hududiy va 280 ta tarmoq mezoni loyihasi tayyorlangan.

Xususan, joriy yil yakunigacha 14 va kelgusi yil birinchi choragida yana 14 tumanda odamlar eng ko‘p murojaat qiladigan sog‘liqni saqlash, kadastr, ijtimoiy himoya, qishloq xo‘jaligi, ta’lim yo‘nalishlarini raqamlashtirish bo‘yicha 239 ta loyiha amalga oshiriladi.

Masalan, «Elektron poliklinika» tizimini joriy qilish orqali qog‘oz hujjatlar 40 foizga, navbat kutish 60 foizga qisqaradi. Buning uchun markaziy shifoxona va poliklinikalarni to‘liq raqamlashtirish lozim.

Bugungi kunda Toshkent shahrida elektron tibbiyot kartasi, elektron shifoxona hamda shoshilinch tibbiy yordam tizimlari joriy etilmoqda. Ushbu dasturlar kelgusi yili Andijon, Namangan, Farg‘ona, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida yo‘lga qo‘yilishi aytildi. Shuningdek, «elektron kundalik», «elektron darslik», «o‘qituvchilarni baholash» tizimlarini barcha hududlarda joriy etish zarurligi ta’kidlandi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga joriy yilda belgilangan 14 tumanda ijtimoiy muassasalarni to‘liq raqamlashtirib, qolgan hududlar uchun namuna qilish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Raqamlashtirish iqtisodiyot tarmoqlarida tejamkorlik va samaradorlikni ta’minlaydi. Masalan, Toyloq va Oqdaryo tumanlaridagi shag‘al kavlab olish karerida mashinalarning yuk hajmini nazorat qilish tizimi yo‘lga qo‘yilgani natijasida oylik tushum 3 milliard so‘mdan 8 milliard so‘mga oshgan.

Davlat soliq qo‘mitasiga noruda karerlardan foydalanishda «yashirin iqtisodiyot»ga barham berish, buning uchun yer qa’ri kavlanishi, yuk hajmi va mashinalar harakatini nazorat qiluvchi elektron tizimlarni ishga tushirish vazifasi yuklatildi.

Yig‘ilishda sanoat tarmoqlarida amalga oshiriladigan loyihalarga alohida e’tibor qaratildi.
– Raqamli iqtisodiyotsiz mamlakat iqtisodiyotining kelajagi yo‘q, – deya ta’kidladi prezident.

Kelgusi uch yilda neft, gaz va energetika sohasida 18 ta, metallurgiya bo‘yicha 12 ta, avtosanoat tizimida 9 ta, kimyo sanoatida 8 ta, tog‘-kon geologiya tarmog‘ida 4 ta raqamlashtirish loyihasi rejalashtirilgan.

Misol uchun, Muborak va Sho‘rtan neft-gaz korxonalarida avtomatlashgan dispetcherlik xizmati joriy etilgani tufayli yiliga 50 million kub metr gaz va 650 ming kilovatt-soat elektr energiyasini iqtisod qilishga zamin yaratildi. Asakadagi avtomobil zavodida logistika, xaridlar, xomashyo va butlovchi qismlar harakatini raqamlashtirish orqali 41 million dollar tejash mumkin. Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinatidagi «Yoshlik-1» va «Qolmoqqir» konlarida transport kompleksi avtomatlashgan boshqaruv tizimini joriy qilish ham shunday samarali loyihalardan. Bu orqali yiliga 28 milliard so‘mlik mablag‘ tejaladi.

Prezident barcha loyihalarga mas’ullarni belgilab, ularni muddatida, sifatli bajarish, xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘larini yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Bosh vazir va uning o‘rinbosarlariga 10 kun muddatda o‘zlari mas’ul bo‘lgan soha va tarmoqlarni raqamlashtirish bo‘yicha joriy va kelgusi yil uchun rejalar ishlab chiqish yuklatildi.

Raqamli iqtisodiyotni joriy etish va unumli ishlatish, albatta, mutaxassislarga bog‘liq. Shu bois kadrlar tayyorlashga har tomonlama ahamiyat berilmoqda. O‘tgan yili Toshkent shahrida dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parki bunyod etilgan edi. Andijon va Marg‘ilon shaharlarida uning filiallari ochildi. Poytaxtimizda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari maktabi hududida yana bir filial binosi qurilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda axborot texnologiyalarini chuqur o‘qitishga ixtisoslashtirilgan 205 ta maktab tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Xalq ta’limi vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga joriy yilda 14 ta, kelgusi yilda 82 ta ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etish mezoni qo‘yildi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va IT-parklarda axborot texnologiyalari o‘qituvchilarini tayyorlash hamda ularni sertifikatlashning milliy tizimini joriy qilish muhimligi qayd etildi. Malaka sertifikati olgan o‘qituvchilarga har oyda qo‘shimcha 50 foiz ustama to‘lanadi. Shuningdek, o‘quvchisi «Bir million dasturchi» kursini muvaffaqiyatli yakunlagan maktab o‘qituvchilarini mukofotlash yo‘lga qo‘yiladi.

– Bugun ko‘rib chiqilayotgan masala rivojlanish va xalqimiz hayotini yaxshilash borasidagi ishlarimizning eng katta zamini, – dedi Prezident. – Buni barcha hudud va tarmoq rahbarlari tushunib, dunyoqarashini o‘zgartirib, aytilgan vazifalar ijrosiga qattiq kirishishlari kerak.

Bosh vazirga muhokama qilingan chora-tadbirlar ijrosini sohalar va hududlar kesimida nazorat qilish topshirildi.
Videoselektor yig‘ilishida hokimlar raqamlashtirish loyihalaridan xalqimizga qanday yengilliklar bo‘lishi borasida axborot berdi», – deyiladi rasmiy press-relizda.

manba

O‘zbekistonda elektron tijoratni yanada rivojlantirish, rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish mo‘ljallanmoqda.

2020-2021 yillarda iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni tiklash va davom ettirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da aytilishicha, tegishli tahliliy-axborot ishlab chiqiladi.

Qayd etilishicha, elektron tijoratni yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilmoqda.

Bajarish muddati – 2020 yil noyabr, ijro uchun mas’ullar – Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar.

manba 

Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi funksional vazifalari

  • Buxgalteriya bo’limi ishlarini tashkillashtirish
  • Buxgalteriya hisob siyosatni tuzish va uning ijrosini monitoring qilish
  • Xodimlar shtat jadvalini tayyorlash, ijro aparatini ta’minlash uchun sarf-harajatlar yillik smetasini tayyorlash va undan foydalanishni nazoratini olib borish
  • Asosiy mablag’ni va tovar-materialqiymatlarini hisobini olib borish, fond ko’chirmalarini tezkor nazoratini olib borish,va ijro aparatini moliyaviy faoliyatini natijalarini o’rnatilgan qoidalarga,nizomlarga va ko’rsatmalarga mos ravishda hisobini olib boorish
  • Standart, moliyaviy va kassa intizomiga qat’iy rioya qilingan holatda ish haqi fondini to’g’ri sarfini taminlash
  • Tovarlar va materiallar qabul qilish va uzatishni belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda monitoring qilish
  • O’zbekiston Respublikasida amaldabo’lgan normativ qonun qoidalarga muvofiq moliyaviy va buxgalter holatini, hisobini,nazoratini qatiy olib boorish
  • Debitorlik va kredit qarzini o’rnatilgan vaqtda undirish, tolov distsiplinasiga rioya qilish
  • Moliyaviy va buxgalter hisobotlarni boshlang’ich hujjatlar va buxgalteriya yozuvlar asosida o’z vaqtida tayyorlash, tegishli vazirlik va idoralarga belgilangan tartibda ularni taqdim etish
  • Buxgalter turli sohalarida ishyuritish (OS, tovarlar va materiallar, to’lovlar buxgalter hisobi va hokazo)
  • Kirim va davlat byudjetigatransfer to’lovlari, xususiy mablag’lar, xodimlarning ish haqi va boshqa to’lovlarni moliyalashtirish
  • Buxgalteriya hisobi va qaytaishlash bilan bog’liq sohalarda boshlang’ich hujjatlarni qabul qilish

manba

678

Iqtisodiy hamkorlik

 

Yaponiya, Janubiy Koreya va BAA bilan iqtisodiy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 iyul kuni mamlakatimiz investitsion va tashqi savdo faoliyati prognoz ko‘rsatkichlarining joriy yil I yarmidagi ijrosini muhokama qilishga, shuningdek, Yaponiya, Koreya Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari bilan ustuvor qo‘shma loyihalarning borishini hamda savdo-iqtisodiy, investitsion va moliyaviy-texnik hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan videoanjuman tarzida yig‘ilish o‘tkazdi.

Tadbirda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar, shu jumladan investitsiyalarni jalb etish va eksport bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarni hamda xorijiy sheriklar bilan erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarga doir takliflar tinglandi.

Global miqyosdagi epidemiologik vaziyat va undan kelib chiqayotgan cheklovlar O‘zbekistonning investitsion va tashqi savdo faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatib, tadbirkorlar uchun moliyalashtirish, qurilish, ishlab chiqarishda zarur xomashyo va uskunalarni yetkazib berish masalalarida ma’lum to‘siqlar yaratayotgani ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari va eksportchilarini o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralar ko‘rildi.
Bu bilan birga, tijorat banklarini yetarli resurslar bilan ta’minlash maqsadida xalqaro moliyaviy institutlarning 1,2 milliard dollar miqdoridagi mablag‘lari jalb etildi.

Hisobot davrida umumiy qiymati 1,8 milliard dollarlik 28 ta yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga 3,8 mingta yangi ish o‘rni yaratilishiga erishildi.

Hududlarni rivojlantirish dasturlari doirasida umumiy qiymati 9,5 trillion so‘mlik 2049 ta yirik investitsiya loyihalari amalga oshirildi, bu 27 mingta yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini berdi.

Ayni paytda, bugungi kunda qator tarmoqlarda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq xatarlar ta’siri ostida investitsiyalarni o‘zlashtirishning prognoz ko‘rsatkichlarini bajarish kechikayotgani ta’kidlandi. Shu munosabat bilan davlatimiz rahbari 2020 yil yakuniga ko‘ra ko‘zlangan natijalarga so‘zsiz erishish maqsadida amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalarining ko‘rsatkichlari va ro‘yxatlarini qayta ko‘rib chiqish topshirig‘ini berdi.

Yil yakuniga kelib mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 9,9 milliard dollarni, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar – 6,8 milliard, xalqaro moliyaviy institutlar mablag‘lari – 3,1 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda. Iqtisodiy taraqqiyotning muhim drayverlaridan biri sifatida eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralariga alohida e’tibor qaratildi.

Joriy yilning 6 oyi yakunlariga ko‘ra mamlakatimiz korxonalari tomonidan 6,1 milliard dollarlik mahsulot eksport qilingani ta’kidlandi. Ayni paytda eksport faoliyatiga 950 ta yangi korxona jalb etildi, xorijga yangi 85 ta nomdagi mahsulot yetkazib berish o‘zlashtirildi, shuningdek, qo‘shimcha 4 ta davlat bozoriga chiqildi.

Jahondagi iqtisodiy vaziyatning beqarorligi hamda global bozordagi talab va taklifning pasayishini e’tiborga olib, joriy yilning ikkinchi yarmida eksport salohiyatini oshirish maqsadida Respublika komissiyasiga pandemiya oqibatidagi tashqi omillar mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyatiga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish vazifasi yuklatildi.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida O‘zbekiston eksporti yil yakuniga borib 17,1 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda.

Keyingi yillarda Yaponiya, Koreya Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari bilan o‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari muttasil oshib bormoqda, oliy darajadagi uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha qabul qilingan “yo‘l xarita”lari doirasida turli tarmoqlarda yangi kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Yig‘ilishda amaldagi loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish hamda investitsion hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha yangi takliflar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi.

Mamlakatimizda yaponiyalik sheriklar bilan hamkorlikda geologiya, kimyo va neft-kimyo, bank-moliya, sog‘liqni saqlash va ta’lim kabi sohalarda umumiy qiymati 5,6 milliard dollarlik 48 ta loyiha amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Xususan, “HIS” kompaniyasi bilan mehmonxona majmualarini qurish, “Isuzu” va «Itochu» kompaniyalari bilan «SamAvto» qo‘shma korxonasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan Navoiy issiqlik elektr stansiyasida energetik bloklar barpo etish bo‘yicha va ko‘plab boshqa loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Pandemiyaga qaramay, joriy yilda ikki mamlakat hukumatlari va ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi o‘zaro muloqotlar, shu jumladan zamonaviy axborot texnologiyalari orqali ancha faollashgani qayd etildi.

Yig‘ilishda davlatimiz rahbari aniq iqtisodiy dastur va loyihalarni ilgari surish orqali O‘zbekiston-Yaponiya amaliy hamkorligini kengaytirish zarurligini alohida ta’kidladi.

Koreya Respublikasi bilan ikki tomonlama hamkorlik ham keyingi yillarda ijobiy sur’at bilan rivojlanmoqda. Joriy yilning boshidan buyon tovar ayirboshlash qariyb 1 milliard dollarga yetdi, Janubiy Koreya kapitali ishtirokida 60 ta yangi korxona tashkil etildi, ularning umumiy soni esa 855 taga yetdi.

Joriy yilda Toshkent shahrida ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi hamda Farg‘ona shahrida O‘zbekiston-Koreya xalqaro universitetini tashkil etish bo‘yicha loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilgani, ular doirasida 1 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yil 17 aprel kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida tamal toshi qo‘yilgan Innovatsion ilmiy ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini qurish ishlari jadal davom etmoqda. Ushbu loyiha doirasida Farmatsevtika texnika universiteti hamda dori vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy quvvatlarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Qishloq xo‘jaligi, AKT, sog‘liqni saqlash, kimyo, yengil, elektrotexnika, farmatsevtika va zargarlik sanoati, ta’lim va innovatsiyalar kabi sohalar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va Iqtisodiy taraqqiyot fondi orqali moliyaviy-texnik ko‘mak dasturlari doirasida umumiy qiymati 750 million dollardan ortiq bo‘lgan 17 ta loyiha, jumladan Kimyoviy texnologiyalar markazi, yoshi kattalar uchun klinika tashkil etish, yurtimiz tibbiyot va ta’lim muassasalarini jihozlash loyihalari amalga oshirilmoqda.

Yaponiya va Janubiy Koreya bilan qo‘shma loyihalarning amalga oshirilishi natijasida jami 1 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish ko‘zda tutilmoqda.

Umuman, erishilgan kelishuvlarni to‘liq ro‘yobga chiqarish 50 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishlab chiqarish hajmlarini 4,1 milliard dollarga, eksport hajmini esa 1,14 milliard dollarga oshirish imkonini beradi.

2019 yilda Birlashgan Arab Amirliklariga amalga oshirilgan oliy darajali tashrif yakunida salmoqli ikki tomonlama hujjatlar to‘plami, shu jumladan savdo-iqtisodiy va investitsion bitimlar imzolangan edi. Energetika, infratuzilma, kimyo va neft-kimyo, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Bugungi kunda umumiy qiymati 4 milliard dollardan ortiq aniq loyihalar ishlab chiqilmoqda. BAA sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar soni 141 tani tashkil etyapti.

Amirliklar kompaniyalari bilan kelishuvlar o‘z natijasini berayotgani ta’kidlandi.
Xususan, “Masdar” kompaniyasi Navoiy viloyatida 500 MVt quvvatiga ega shamol elektr stansiyasi qurilishiga investitsiya kiritmoqda, sarmoyalarning umumiy hajmi esa 500 million dollardan oshadi.

Abu-Dabi taraqqiyot fondi ishtirokida e’lon qilingan kapitali 1 milliard dollar bo‘lgan qo‘shma investitsiya kompaniyasi ta’sis etildi. Kompaniya ilk loyihalarni moliyalashtirishni boshladi.

Shuningdek, Abu-Dabi taraqqiyot fondi Samarqand shahrining infratuzilmasini modernizatsiya qilishda ishtirok etmoqda.

BAAning “Mubadala” davlat investitsion kompaniyasi bilan energetika sohasida hamda uglevodorodlar qazib olishni ko‘paytirish va ularni chuqur qayta ishlashni tashkil etish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya, Koreya Respublikasi va BAA bilan hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ning 2020 yil uchun belgilangan chora-tadbirlarini to‘liq va sifatli bajarish zarurligini ta’kidladi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlari tinglandi, aniq vazifa va chora-tadbirlar belgilab berildi.

manba

O‘zbekistonda karantin vaqtida qancha sanoat korxonasi o‘z faoliyatini to‘xtatgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 1 mart holatiga ko‘ra, 72 524 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritgan. Mamlakatda qattiq karantin choralari joriy etilishni boshlagach ularning 16 670 tasi (qariyb 23 foizi) vaqtinchalik o‘z faoliyatini to‘xtatgan, deb xabar beradi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi.

Faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan korxonalarning 20,3 foizi tekstil sohasiga tegishli, qurilish materillarini ishlab chiqarish sohasida ham xuddi shunday ko‘rsatkich qayd etilgan, oziq-ovqat mahsulotlari — 18,6 foiz, charm, yog‘och va mebel — 10,5 foiz, metallurgiya — 6 foiz, mashinasozlik — 2,6 foiz, elektrotexnika — 1,4 foiz, yoqilg‘i-energetika sohasi — 0,5 foiz va boshqa sohalar 19,8 foizni tashkil etgan.

Mazkur korxonalar faoliyati quyidagi sabablarga ko‘ra to‘xtab qolgan: 4754 tasi (28,5 foizi) xodimlarga nisbatan karantin talablari sabab, 3722 tasi (22,3 foizi) transport harakatiga o‘rnatilgan cheklovlar natijasida, 2342 tasi (14 foizi) mahsulotga bo‘lgan talabning tushib ketishi oqibatida, 1400 tasi (8,4 foiz) xom ashyo yetkazib berishdagi uzilishlar, 84 tasi (0,5 foiz) O‘zbekistonga kela olmagan xorijlik mutaxassislar va 4368 tasi (26,2 foizi) boshqa sabablarga ko‘ra yopilgan.

Foto: Skrinshot
Hududlar kesimida faoliyati to‘xtab qolgan korxonalarning eng ko‘pi Toshkent (4455), Namangan viloyati (2847), Toshkent viloyati (2283) va Andijon viloyati (2048) hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu boradagi eng past ko‘rsatkich Qoraqalpog‘istonda kuzatilgan — 37.

1 iyul holatiga ko‘ra, 16 657 ta korxona, ya’ni ularning qariyb 100 foizi to‘liq qayta ochilishga muvaffaq bo‘lgan va 137,5 ming xodim o‘z ishiga qaytgan.

Aprel oyida ushbu 16 657 ta korxona umumiy qiymati 893 milliard so‘mga teng mahsulot ishlab chiqargan bo‘lsa, may oyida ushbu ko‘rsatkich 1,4 trillion so‘mni, iyunda esa 1,8 trillion so‘mni tashkil etgan.

Avvalroq Toshkentda aprel oyi boshidan iyun o‘rtalariga qadar 66 ta oziq-ovqat va nooziq-ovqat do‘koni, shuningdek, umumiy ovqatlanish shoxobchalari yopilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

manba

Tadbirkorlarga soliqlar bo‘yicha qonunda belgilanmagan avans to‘lovlarini amalga oshirish taqiqlanadi

Toshkent shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinadi.

Prezidentning “Toshkent shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Bosh prokuratura prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan birgalikda tadbirkorlik sub’ektlarining hisoblaridan davlat hokimiyati organlari tomonidan pul mablag‘larining asoslanmagan yechib olinishiga nisbatan murojaatlarni tezkor sudgacha tartibga solishning tezlashtirilgan mexanizmini tatbiq qiladi.

Inkasso topshiriqnomasi tashabbuskoriga 200 BHM o‘lchamida jarima solish yo‘li bilan tadbirkorlik sub’ektlari hisoblaridan pul mablag‘larini noqonuniy bloklash yoki yechib olishga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar uchun javobgarlikning qat’iy choralari belgilanadi.

Amaldagi qonunchilik bilan belgilangan holatlardan tashqari tadbirkorlik sub’ektlariga soliqlar bo‘yicha avans to‘lovlarini amalga oshirish taqiqlanadi.

Moliya vazirligi jarimalardan kelib tushayotgan mablag‘larni davlat hokimiyati organlarining noqonuniy harakatlari tufayli faoliyatiga zarar yetkazilgan tadbirkorlik sub’ektlarining hisoblariga yo‘naltiradi.

manba

O‘zbekistonga xorijda ishlab chiqarilgan mashinalarni import qilish hajmi ma’lum qilindi

Davlat statistika qo‘mitasi yanvar-may oylarida O‘zbekistonga import qilingan mashinalar va transport asbob-uskunalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, aniq sohalar uchun maxsus mo‘ljallangan mashinalarga 755,4 mln dollar sarflangan. Avtomobillarning ehtiyot qismlari uchun 411,4 dollar to‘langan.

Shuningdek, mashinalarni, asosan yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan avtoulovlar (10 va undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan transport vositalaridan tashqari) 205,9 mln dollarga tushgan. Sanoat uchun maxsus bo‘lmagan mashinalar va ularning detallariga 578,8 mln dollar sarflangan.

Elektr aloqasi, ovozni yozish va eshittirish apparaturalari va uskunalariga 253,3 mln dollar ketgan bo‘lsa, elektr mashinalari, apparatlar, asboblar va ularning ehtiyot qismlari 249,5 mln dollarga tushgan.

manba