O‘zbekiston 5 oyda qancha oltin sotgan ma’lum bo‘ldi

2020 yil yanvar-may oylarida O‘zbekiston 1,64 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yil yanvar-may oylariga nisbatan o‘sish 33,3 foizni tashkil etdi. 2020 yil yanvar-may oylarida O‘zbekistonning eksport tarkibida oltinning ulushi 31,9 foizga teng bo‘ldi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston oltin eksportini oshirdi. Oltin eksporti 2015 yilda 823,9 million dollardan, 2016 yilda 738,2 million dollardan, 2017 yilda 1,6 milliard dollardan, 2018 yilda 2,91 milliard dollardan va 2019 yilda 4,9 mlrd dollardan ortiqroqni tashkil etdi.

manba

Soliq monitoringini o‘tkazish tartibi e’lon qilindi

Soliq kodeksining qabul qilinishi munosabati bilan soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirishga oid ayrim nizomlar tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining qabul qilinishi munosabati bilan soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirishga oid ayrim nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Quyidagilar:

  • “Soliq monitoringini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom;
  • “Soliq organi va bank tizimi o‘rtasida elektron ma’lumot almashinuvi tartibi to‘g‘risida”gi nizom;
  • “Davlat boji va boshqa yig‘imlarni undiradigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat boji va boshqa yig‘imlarning budjet tizimiga tushumlarini hisobga olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlanadi.

Soliq monitoringini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, soliq organining vakolatli mansabdor shaxslari va yuridik shaxs soliq monitoringi ishtirokchilari hisoblanadi.

Soliq monitoringi soliq to‘lovchiga nisbatan davlat soliq organlari tomonidan, yirik soliq to‘lovchilarga nisbatan esa – Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi tomonidan o‘tkaziladi.

Soliq (hisobot) davri uchun soliq monitoringi o‘tkazilayotgan bo‘lsa, bunday davr uchun kameral soliq tekshiruvi o‘tkazilmaydi.

Soliq monitoringini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichida soliq organi tomonidan tushuntirish ishi o‘tkaziladi, uning doirasida soliq to‘lovchiga qonun hujjatlari bilan bilan tasdiqlangan talablar va soliq monitoringini o‘tkazish tartibi tushuntiriladi.

Har bir soliq to‘lovchi faoliyatining va tuzilmasining noyobligini va o‘ziga xosligini inobatga olgan holda, soliq organining mansabdor shaxslari soliq to‘lovchining axborot tizimlari bilan birlamchi tanishib chiqadi, so‘ngra soliq monitoringini o‘tkazish rejasi va metodologiyasini ishlab chiqadilar.

Soliq monitoringini o‘tkazish to‘g‘risida ariza soliq to‘lovchi tomonidan hisobda turgan joydagi soliq organiga yozma va (yoki) soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda, Nizomning 1–ilovasiga muvofiq shaklda taqdim etiladi.

Hisobda turgan joydagi soliq organi soliq monitoringini o‘tkazish to‘g‘risida arizani va unga biriktirilgan hujjatlarni davlat soliq organlariga, yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha esa – Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.

Soliq monitoringini o‘tkazish to‘g‘risida arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

  • soliq to‘lovchining nomi va identifikatsiya raqami;
  • joylashgan yeri manzili (pochta manzili);
  • yillik moliyaviy hisobot ma’lumotlari bo‘yicha oldingi yil uchun daromadlar miqdori;
  • taqdim etiladigan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlaydigan soliq to‘lovchi rahbarining (soliq to‘lovchi vakilining) lavozimi, familiyasi, ismi, sharifi.

Soliq monitoringini o‘tkazish to‘g‘risida ariza bilan quyidagilar taqdim etiladi:

  • soliq monitoringini o‘tkazish to‘g‘risida ariza taqdim etgan yuridik shaxsda bevosita va (yoki) bilvosita ishtirok etadigan hamda bunday ishtirok ulushi 25 foizdan ortiqni tashkil etadigan jismoniy va yuridik shaxslar to‘g‘risidagi axborot;
  • axborotga doir hamkorlik reglamenti;
  • soliq solish maqsadi uchun amaldagi hisob siyosati.

Soliq kodeksi 171–moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq soliq monitoringi o‘tkazish to‘g‘risida ariza taqdim etgan soliq to‘lovchi soliq organi tomonidan soliq monitoringini o‘tkazish yoki uni o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinguniga qadar o‘zining arizasini Nizomning 2–ilovasiga muvofiq shaklida yozma yoki soliq to‘lovchining shaxsiy kabinet orqali elektron ariza asosida chaqirib olishi mumkin.

Soliq monitoringi o‘tkazish to‘g‘risida ariza soliq organi tomonidan uni o‘tkazish to‘g‘risida yoki uni o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingunga qadar qaytarib olingan taqdirda taqdim etilmagan deb hisoblanadi.

manba

Klaster tufayli baliqchilik agrar usuldan sanoat usuliga o‘tmoqda.

Katta avlod vakillarining aytishicha, ilgari baliq narxi mol go‘shtinikidan besh barobar arzon bo‘lgan! Bugun-chi? Bozorda baliqning bahosi qancha? Supermarketlarda-chi? Baliqning ayrim turlari mol va qo‘y go‘shti narxiga yetib olgani ayni haqiqat. Davlat statistika qo‘mitasining hisobotida keltirilishicha, 2020 yilning o‘tgan sakkiz oyi davomida go‘sht, shu jumladan, parranda go‘shti va baliq narxi 10 foiz qimmatlashgan.

Xo‘sh, baliq mahsulotlari aholi og‘rinmasdan xarid qiladigan narxga qachon tushadi?

Ekspertlarning izohlashicha, baliq bahosiga ta’sir qiluvchi bir necha omillar mavjud. Shulardan eng asosiysi, garchi keyingi paytda baliq yetishtirish hajmi ortishi kuzatilayotgan bo‘lsa-da, ko‘rsatkichlar hali mamlakat aholisi ehtiyojiga yetarli darajaga chiqqani yo‘q. Taklif kam sharoitda talab ortishi va narx yuqori bo‘lishi esa bozor iqtisodiyotining o‘zgarmas qonuniyatidir.

Shu bois baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasi tashkil etilib, tarmoqqa intensiv texnologiyalarni joriy etish, suv havzalaridan unumli foydalanish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. Maqsad baliq yetishtirish hajmini keskin oshirish orqali ushbu shifobaxsh parhez mahsulot bahosini aholining barcha qatlami cho‘ntagi ko‘taradigan darajaga keltirish, qayta ishlash quvvatlarini qayta tiklashdir.

Mahsuldorlikni qanday oshirish mumkin?
Darhaqiqat, baliqchilikda mahsuldorlikni oshirish maqsadida xorijiy davlatlar tajribalari o‘rganilib, amaliyotga ilg‘or usullar keng qo‘llanilmoqda. Bunda suv bilan uzluksiz ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lgan baliqchilik xo‘jaliklari ish yuritishning innova­sion shakli bo‘lgan klasterlarga ay­lantirilayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sababi baliqchilik klasterlari bosqichma-bosqich mahsulot yetishtirishning intensiv usuliga o‘tkazilmoqda.

Toshkent viloyatidagi “TST Fish Cluster” mas’uliyati cheklangan jamiyati mamlakatimizda birinchilardan bo‘lib ish boshlagan baliqchilik klasterlaridan biri hisoblanadi. U Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi tegishli qarori bilan Quyi Chirchiq tumanidagi «Baliqchi» aksiyadorlik jamiyati negizida tashkil etilgan.

Aytish joizki, yangi tuzilma oldiga zamonaviy usullar va intensiv texnologiyalarni jadal o‘zlashtirish, suv havzalari holatini yaxshilash, mavjud moddiy-texnika vositalarini tubdan yangilash evaziga baliq yetishtirishni ko‘paytirish, hatto eksport qilish vazifasi qo‘yilgan edi. Shunday ekan, o‘tgan vaqt mobaynida ushbu vazifalarning ijrosi qanday bo‘ldi?

— Avvalo, shuni e’tirof etish kerakki, hozirgi paytda tarmoqni rivojlantirish uchun barcha shart-sharoit yaratib berilmoqda, — deydi “TST Fish Cluster” MCHJ rahbari, senator Murtazo Rahmatov. — Bir misol, 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab baliq yetishtirish yillik quvvati kamida 50 tonna bo‘lgan klas­terlar dastlabki uch yil davomida barcha soliq va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan ozod etildi. Bu mahsulot yetishtirish agrar usulda qolib ketgan baliqchilik tarmog‘ini sanoatlashtirish, unga investitsiya ki­ritish, yangi loyihalarni amalga oshirish uchun juda katta g‘amxo‘rlikdir.

Chunki baliqchilikda agrar usuldan sanoat usuliga o‘tishimizni hayotning o‘zi taqozo etyapti. Havzaga baliq chavoqlarini tashlab, tabiiy holda rivojlanishini kutib o‘tiradigan zamon o‘tib ketdi. Mahsuldorlikni oshirish uchun Xitoy, Vetnam, Vengriya, Germaniya kabi davlatlarda o‘zini oqlagan intensiv usullarni keng qo‘llashimiz zarur. Keyingi paytda yurtimizda, asosan, Xitoy usuli ommalashmoqda. Bu esa havzalar o‘rtacha mahsuldorligini 15 — 20 sentnerdan 65 — 70 sentnerga ko‘tarishga mustahkam poydevor ­yaratmoqda.

4-5 yil ichida baliq genofondi to‘liq yangilanadi
Xo‘jalik tasarrufidagi umumiy yer maydoni 3076,8 gektarga teng bo‘lib, shundan tovar baliq ­yetishtirish mo‘ljallangan suv havzalari 1780,2 gektarni tashkil etadi. Ular klaster ixtiyoriga berilgach, jamoa ishni mavjud havzalar va suv yo‘llarini qayta ta’mirlash, meliorativ holatini yaxshilashdan boshladi. Faqat ushbu yo‘nalish uchun 967,1 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Natijada qisqa vaqt ichida havzalar chuqurligi 1,8-2 metrga yetkazilib, o‘txo‘r baliqlar parvarishlash uchun ham zarur shart-­sharoitlar yaratildi.

“TST Fish Sluster” MCHJ direktori o‘rinbosari Timur Alimovning aytishicha, klasterda tovar baliq yetishtirish va birlamchi qayta ishlashning to‘liq «zanjiri» yaratilgan. Ayni paytda bu yerda zog‘orabaliq, do‘ngpeshona (tolstolobik), oqamur kabi baliq turlari parvarishlanmoqda. Baliq chavoqlari olish va o‘stirish uchun 36,8 gektarlik havzada ona baliqlar parvarishlansa, 478,8 gektarlik havzada klaster ko‘llarini baliqlantirish uchun chavoqlar tashlanadi.

— Baliqchilik rivoji ko‘p jihatdan uning genofondiga bog‘liq, — deydi T. Alimov. — Biroq O‘zbekistonda 30 yildan buyon baliq genofondi yangilanmagan edi. Ushbu masalaga o‘tgan yildan buyon davlat miqyosida e’tibor qaratila boshlandi. Biz ham baliq genofondini yangilash maqsadida Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasidagi bir qator baliqchilik xo‘jaliklari bilan muzokaralar olib borib, yaqinda Astraxan oblastidagi «Ribopitomnik Chaganskiy» baliqchilik xo‘jaligi bilan kelishuvga erishdik. Shartnomaga ko‘ra, 2021 yilning may-iyun oylarida barcha baliq turlarining lichinkalari yetkazib beriladi. Buning natijasida yaqin 4-5 yil ichida klasterda baliq genofondi tubdan yangilanib, mahsuldorlik bir necha barobar ortishiga erishiladi.

El dasturxoniga 5340 tonna parhez mahsulot
Baliqchilik tarmog‘ining izchil rivojlanishi xalqimizni sifatli baliq mahsulotlari bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, sohada mulkchilik munosabatlarini takomillashtirish hamda tabiiy suv havzalaridan oqilona foydalanishda keng imkoniyat yaratmoqda.

Yetti xazinaning biri bo‘lgan baliqchilikni yanada rivojlantirish uchun mamlakatimizda suv havzalari resurslari ham, ishonchli va ­ilmiy asoslangan loyihalar ham yetarli.

Eng asosiysi, ulardan yanada samarali foydalanish choralarini ko‘rish!

“TST Fish Cluster”ning salkam 500 kishilik jamoasi joriy yilgi mavsumda elimiz dasturxoniga 5340 tonna baliq yetkazib berishga ahd qilgan. Buning uchun mavjud imkoniyatlar to‘liq ishga solinayotir. Ammo bu chegara emas. Havzalar mahsuldorligi yil sayin ortib borishi kutilmoqda. Masalan, kelgusi yilda 6000 tonna baliq yetishtirish rejalashtirilgan.

Tabiiy savol tug‘iladi: bunga qanday erishiladi?
Intensiv texnologiyalar ana shunday qo‘shimcha imkoniyatlarni taqdim etmoqda.

Gap shundaki, klasterda baliq yetishtirish sekin-asta to‘liq intensiv usulga o‘tkaziladi. Bunda Xitoy tajribasiga tayanilayotgani amalda o‘z samarasini beryapti. Shuning uchun yaqinda intensiv usulda zog‘orabaliq yetishtirish loyihasi doirasida Xitoyning “E-LINE CO Ltd” kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi.

Ayni paytda mazkur kompaniya tomonidan havzalar yopiq suv ta’minoti qurilmasi bilan jihozlanmoqda. Loyiha qiymati 238536 dollarga teng bo‘lib, qurilmalar shu yilning sentabr oyida ishga tushiriladi. Buning sharofati bilan havzalarning har gektarida 60 tonnadan 90 tonnagacha tovar baliq ovlash imkoniyati yuzaga keladi.

Fosforga boy mahsulotlar ishlab chiqariladi
Bugun soha korxonalari oldiga nafaqat baliq yetishtirish hajmi, balki turlarini ko‘paytirish, is­te’molchilarga tanlash imkoniyatini yaratish vazifasi qo‘yilmoqda. Chunki hamon baliq konservalari, forel, osyotr, losos kabi qimmatbaho baliqlarga bo‘lgan ichki ehtiyoj, asosan, import hisobiga ta’minlanmoqda.

Shunday ekan, “TST Fish Cluster” import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ko‘paytirish maqsadida qanday loyihalar ustida ishlamoqda?
Korxona rahbarining aytishicha, 2022 yilda yakunlanishi belgilangan qiymati 55 million AQSH dollariga teng loyiha aynan yurtimizda kam uchraydigan noyob  baliqlarni ko’paytirish rejalashtirilmoqda.

— Forel, osyotr, losos singari baliq turlari yurtimizdagi tabiiy suv havzalarida yasholmaydi, — deydi M. Rahmatov. — Ular sovuq suv baliqlari hisoblanib, yaxshi o‘sib rivojlanishi uchun suvning harorati va ozuqa tarkibi muhim ahamiyatga ega. Ya’ni suv harorati 15 — 17 daraja bo‘lishi va yuqori proteinli maxsus omixta yem bilan oziqlantirilishi talab qilinadi. Shu bois klasterda 10 gektar maydonda yopiq suv havzasi bunyod etish, uni suvni sovitish qurilmalari bilan jihozlash ishlari boshlab yuborildi. Maxsus baliq ozuqasi ­ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida esa xorijiy kompaniyalar bilan ­muzokaralar olib borilyapti.

Kelgusida klaster tizimida eng zamonaviy texnologiyalar jalb etilib, baliq shu yerning o‘zida chuqur qayta ishlanadi. Jumladan, dudlangan baliq, turli konservalar, fosforga boyitilgan kotlet va pashtet, shuningdek, yuqori sifatli ­boshqa mahsulotlar tayyorlash o‘zlashtiriladi. Birgina ushbu loyiha doirasida 5 million dollarlik mahsulot eksport qilinishi, 850 ta yangi ish o‘rni ochilmoqda.

Umuman olganda, “TST Fish Cluster” baliqchilik klasteridagi bu kabi loyihalar yurtimizda baliqchilik sanoatida amalga oshiri­layotgan ulkan ishlardan bir misol xolos. Zero, ushbu sohani rivojlantirishga davlat miqyosida jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Baliqchilik klasterlari va xo‘jaliklari samarali faoliyat yuritishi har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib, barcha shart-sharoit yaratib berilmoqda. Prezidentimiz tomonidan 2020 yil 29 avgust kuni imzolangan «Baliqchilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror asosida baliqchilik sohasiga navbatdagi imtiyozlar berilyaptiki, bular, pirovardida mahsulot yetishtirish hajmini ko‘paytirish, uning tannarxi arzonlashtiriladi.

manba

O‘zbek qovunini dovrug‘i dunyoga yoyilmoqda

O‘zbekiston Respublikasining Beniluks mamlakatlaridagi elchixonasi ko‘magida Farg‘ona viloyatidan mahalliy eksportyor “Top Cherry” mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan yetishtirilgan o‘zbek qovuni Niderlandiyaga yetkazib berildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Niderlandiyaning Win and Win kompaniyasi bilan imzolangan shartnomaga muvofiq, 20 tonna poliz ekinining birinchi jo‘natmasi 31 avgust kuni Di Liyera shahri omboriga yetkazib berildi. Kelajakda o’zbek qovunini Rotterdam shahri va uning atrofidagi do‘konlarga ham yetkaziladi.

Import qiluvchi kompaniya rahbari Mehmet Masmasaning ta’kidlashicha, Niderlandiya bozori O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun istiqbollidir. «Lolalar mamlakati» yangi uzilgan va quritilgan mevalarni, ayniqsa, qora va xilma-xil rangdagi mayiz, shuningdek, yong‘oqlarni import qilishdan manfaatdor.

Niderlandiya bozorini o‘rganish jarayonida poliz ekinlari, ayniqsa shirinligi tilni yoradigan o‘zbek qovunlarini sotib olishga bo‘lgan qiziqish yuqoriligi ma’lum bo‘ldi.

Niderlandiyalik importyor o‘zbek mahsulotlarining yuqori sifatini qayd etar ekan, ularning qadoqlash, sertifikatlash va saralashda Yevropa standartlariga to’g’ti kelishini ta’kidlashdi.

manba

826

Valyuta operatsiyalari

Markaziy bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali takidlashicha.

Mazkur hujjat valyutani tartibga solish sohasidagi amalda bo‘lgan 5 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni unifikatsiya qilish orqali qabul qilindi va 2020 yil 1 sentabrdan ishga tushadi.

Mazkur Qoidalar bilan valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda quyidagi yangiliklar joriy etildi:
— jismoniy shaxslar bilan valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda ulardan pasport nusxasi talab qilish bilan bog‘liq norma chiqarib tashlandi;

—​ banklar tomonidan mijozlar bilan valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda ortiqcha vaqt va hujjatlar talab etilishi bilan bog‘liq normalar bekor qilindi;

—​ xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mablag‘larini konvertatsiya qilish jarayonlari hamda chet el valyutasini sotib olish uchun taqdim etiladigan buyurtmalarni banklar tomonidan ko‘rib chiqish tartibi soddalashtirildi;

—​Birja savdolarida ishtirok etish uchun mijozning hisobvarag‘ida qat’iy ravishda mablag‘lar rezerv qilinishi bo‘yicha talab bekor qilindi;

—​ sotib olingan mablag‘lardan foydalanish borasida qo‘shimcha qulayliklar yaratildi, xususan, bank mijozlarining maxsus valyuta hisobvarag‘iga turli xil sabablarga ko‘ra qaytib tushgan valyuta mablag‘laridan takroran foydalanish imkoniyati yaratildi;

—​ Markaziy bank tomonidan ayirboshlash shoxobchalarini ro‘yxatga olish va ularga guvohnomalar berish amaliyoti bekor qilindi;

—​ ayirboshlash operatsiyalarini rasmiylashtirish tartibi, valyuta ayirboshlash shoxobchalarida xodimlar soni, xavfsizlik talablari, ularni monitoring qilish va boshqa talablar tijorat banklari tomonidan mustaqil belgilanadi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 19 maydagi PF–5997-son Farmoni bilan 2020 yil 1 iyuldan 2021 yil 1 yanvargacha idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish to‘xtatilgan, bundan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi, shuningdek unifikatsiya qilishni nazarda tutuvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish mustasno.

manba

2020 yilning avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi iste’mol sektoridagi inflyatsiya darajasi ma’lum qilindi.
2020 yilning avgustida iste’mol narxlari va tariflari darajasi oy davomida o‘rtacha 0,5 foizga ko‘tarildi.

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, meva va sabzavot narxlarining o‘zgarishini hisobga olmaganda, ushbu ko‘rsatkich darajasi 0,8 foizni tashkil etgan.

2020 yilning yanvar-avgust oylari davomida iste’mol bozoridagi narxlar va tariflar o‘rtacha 4,8 foizga ko‘tarildi.
Yillik davrda (2019 yilning avgustiga nisbatan) tovarlar va xizmatlar narxlarining o‘rtacha o‘sish sur’ati 11,7 foizni tashkil etdi.

2019 yilning avgustida tovarlar va xizmatlar narxlari oy davomida o‘rtacha 2,9 foizga ko‘tarilgan. Meva va sabzavot narxlarining o‘zgarishini hisobga olmaganda, ushbu ko‘rsatkich darajasi 3,2 foizini tashkil qilga edi.

2019 yilning yanvar-avgust oylarida tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 8,2 foizga qimmatlashgan. 2018 yilning avgustiga nisbatan 2019 yilning avgust oyida tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 16,5 foizga oshirishdi.

O‘rtacha oylik INI o‘sishi hisoblash natijalariga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-avgust oylari davomida 0,6 foizni, 2019 yilning shu davrida esa 1,0 foizni tashkil etgan edi.

manba

432

Yangi tizim ishga tushmoqda

O‘zbekistonda ilk marotaba xabardor qilish tizim joriy etilmoqda

AOKAda “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni mazmuniga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i Atham Turdiyev ushbu masalaga to’xtaldi.

Farmonga asosan, 2021 yildan O‘zbekiston tarixida ilk marotaba xabardor qilish tizimi joriy etilmoqda. Bunda fuqarolar faoliyati belgilangan tartibga muvofiqligini tizim o‘z majburiyatlariga oladilar. Ya’ni tadbirkor belgilangan tartiblarga rioya qilishi haqida vakolatli organlarga bir marotaba xabar qiladi. Keyin faoliyati bilan bemalol shug‘ullansa bo‘ladi.

17ta litsenziyalanadigan faoliyat yo‘nalishlari, 14 turdagi ruxsatnomalar ushbu tizimga o‘tkaziladi. Misol uchun, maktabdan tashqari ta’lim, lombard, veterinariya davolash, alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish kabi faoliyatlar vakolatli organni xabardor etgan holda tadbirkorlar ushbu faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin. Ular alohida litsenziya olishi shart emas”, – dedi Atham Turdiyev.

Shuningdek, hujjatlarni elektron shaklga o‘tkazish borasida bajarilayotgan ishlarga ham to‘xtalib o‘tildi.
Farmonga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan litsenziya va ruxsat berish tartibiga oid hujjatlar to‘liq elektronlashtiriladi. Bu borada Adliya vazirligi tizimli ishlarni boshlab yuborgan. Hozirda dasturiy ta’minot ustida ish olib boryapmiz. Bu yagona platforma bo‘ladi. Barcha litsenziya va ruxsat berishga oid munosabatlar bu tizim to’liq elektron shaklda bo’ladi deyilmoqda.

Bevosita QR kod amal qiladi, guvohnomaga ham hojat qolmaydi. Platforma ishga tushishi bilan tadbirkorlar hech bir tashkilotga bormasdan internet orqali litsenziya olish yoki elektron tarzda litsenziyasidan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, ruxsat berishga oid hujjatlarini ham elektron tarzda olishi mumkin bo‘ladi. Viloyatdagi tadbirkorlar ham Toshkentga kelib ovora bo‘lmaydi. Uydan turib elektron ro‘yxatdan o‘tadi. Inson omilini kamaytirish hisobiga korrupsiya ham bartaraf etiladi”, – deya ta’kidladi Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i Atham Turdiyev.

Farmonga asosan, litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlari qisqartiriladi. Xususan, 70 turdagi litsenziyalanadigan faoliyat turlari hamda 35 turdagi ruxsatnomalar bekor qilinadi.

manba

Kattaqo‘rg‘on tumanida kivi yetishtirilmoqda, bir tupidan yiliga 200 kilogacha hosil olinmoqda

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Chig‘atoy qishlog‘ida yashovchi Tohir Yorqulovning 10 sotixli tomorqasida bir qarich bo‘sh yer topolmaysiz. Bu tomorqani Tohir aka rahbarlik qilayotgan “Chig‘atoy fayzli bog‘lari” fermer xo‘jaligining tajriba uchastkasi, desak xato bo‘lmaydi. Sababi, shu kichikkina hovlida o‘nlab turdagi meva-sabzavotlar yetishtirilmoqda, ko’chatlar yetishtirilvati.

Ahamiyatlisi, bu yerda 12 tup kivi daraxti mevaga kirgan. Har bir tupdan 200 kilogacha hosil oinmoqda.

— Kivi daraxtini ko‘paytirish maqsadida 500 tup ko‘chat parvarishlayapmiz, —​ deydi T.Yorqulov. —​ Buning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Mehr bilan parvarishlansa, albatta, yaxshi samara beradi. Kivi sitrus meva bo‘lganligi uchun o‘zimizning iqlimga moslashishi oson emas, ammo qalovini topsang qor ham yonadi, deganlaridek, uddalasa bo‘lar ekan. Parvarishlanayotgan ko‘chatlarni payvand qilib, fermer xo‘jaligimiz yeriga ko’chiramiz.

Manba: Xs.uz

443

Niderlandiya texnologiyasi

Qashqadaryo viloyati hokimligi vakillari Niderlandiya «BOM Group» kompaniyasi rahbariyati bilan onlayn muzokaralar o‘tkazildi. Videokonferensiya O‘zbekistonning Beniluks mamlakatlaridagi elchixonasi tomonidan Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Bu haqda «Dunyo» AA deb xabar berdi.

1966 yilda tashkil etilgan «BOM Group» kompaniyasi issiqxona majmualarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniyaning yillik aylanmasi 65 million yevroni tashkil qiladi. Yaqin yillarda kompaniya o‘z aylanmasini 200 million yevroga oshirish niyatida. «BOM Group»ning biznes falsafasi dunyo aholisining ko‘payishi hisobiga suv va energiya resurslaridan oqilona foydalanishga yangicha yondashuvlar ishlab chiqish atrofida qurilgan. Bu esa, o‘z navbatida, global oziq-ovqat iste’molining oshishini anglatadi. Kompaniya loyihalarni ham tayyor shaklda, yakuniy natija uchun 100 foiz javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan holda amalga oshirishadi. Shuningdek, issiqxona majmualarining ayrim qismlarini yetkazib berish bo‘yicha individual buyurtmalarni qabul qilindi.

2019 yil mart oyida kompaniya rahbariyati Niderlandiya qishloq xo‘jaligi missiyasi doirasida O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Safar muvaffaqiyatli o‘tdi va niderlandiyalik mutaxassislar mamlakatdagi issiqxona majmualarini ishlab chiqaruvchilarning imkoniyatlari bilan tanishib, o‘z loyihalarini amalga oshirishga doir ma’lumotlarni olishdi.

Taqdimot davomida Niderlandiya tomoni kompaniya strategiyasi innovatsion texnologiyalarni izlash va qo‘llashga qaratilganini ta’kidladi. Yaqin kelajakda «Ultra-Clima» texnologiyasidan foydalangan holda beshinchi avlod issiqxonalarini ishlab chiqarishga o‘tish rejalashtirilmoqda. Bu hosildorlikni oshirish, oziq-ovqatning yuqori xavfsizligi, energiya va suvning kam sarflanishi bilan ajralib turadi. Ushbu issiqxonalar barcha fasllarda barqaror iqlimni saqlab turadi. Masalan, yozda bunday issiqxonalar adiabatik panellar tufayli o‘z-o‘zidan soviydi. Energiya tejashga issiqlik energiyasidan foydalanish orqali erishiladi. Ularda 90 foiz issiqlikni ishlab chiqaradigan lampalarga katta e’tibor beriladi.

Kompaniya menejeri Rob de Vit O‘zbekiston bilan hamkorlik istiqbollariga to‘xtalib, zamonaviy issiqxona majmualarini birgalikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun O‘zbekiston bozori imkoniyatlarini o‘rganishga qiziqish bildirdi.

— Biz Niderlandiya issiqxona texnologiyalari narx jihatidan boshqa mamlakatlar ishlab chiqaruvchilari bilan raqobatlasha olmasligini tushunamiz, ammo sifat jihatidan ular ancha yaxshi, — dedi Rob de Vit. —Biroq, bu kelajakda sarmoya keltirishini tushunishimiz kerak. Shu bilan birga, narx ko‘p jihatdan po‘lat va aluminiydan tayyorlangan yuqori sifatli materialdan kelib chiqadi, uni «BOM Group» oddiy plastmassa o‘rniga ishlatadi.

Suhbatdosh hamkorlik faqat bir martalik buyurtmani bajarish bilan cheklanmasligiga bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy issiqxonalar qurish bilan bir qatorda Niderlandiya tomoni O‘zbekiston agronomlarini meva va sabzavot yetishtirish texnologiyalari bo‘yicha o‘qitishga tayyor.

O‘z navbatida, Qashqadaryo viloyati hokimligi vakillari mintaqaning investitsiya imkoniyatlari bilan tanishtirdi va qishloq xo‘jaligi uchun kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorliklarini bildirdi.

Tomonlar Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida 1 gektarlik issiqxonaga ega sinov loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga kelishib oldi. Ushbu loyiha mintaqadagi agronomlar uchun o‘ziga xos namunaviy markazga aylanishi mumkin. Chunki, u yerda mahalliy mutaxassislar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha Niderlandiya standartlari bo‘yicha o‘qitiladi.

manba:zamin.uz

Ma’lumotlarga qaraganda, ichki bozorda bir kilogrammi 150 ming so‘mga boradigan echki yungidan 10 donadan paypoq va sharf, 3 tagacha ro‘mol to‘qish mumkin. Bu, anchagina pul, degani. Pop tumanida mazkur serdaromad sohaga e’tibor qaratilib, angor echkilari va hisori qo‘ylarni ko‘paytirishga ixtisoslashtirilgan klaster faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu yerda 140 ming AQSH dollari qiymatidagi xorijiy texnologiya o‘rnatilib, yungdan turli mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Klasterda echkilar parvarishiga aholi xonadonlarini jalb etish tajribasi qo‘llanilmoqda. Har bir xonadonga bank krediti asosida 10 — 15 boshdan naslli echkilar tarqatiladi. Ulardan echki yungidan tashqari jonivorning shifobaxsh suti ham qabul qilib olinadi vamikroeelementlarga boy qaymoq, pishloq hamda tvorog tayyorlanadi. Hozirga kelib bu ish bilan shug‘ullanayotgan oilalar budjetiga har oyda 2-3 million so‘mdan daromad kirib borayotir.

Echki yungidan to‘qiladigan kiyim-kechaklarning tashqi bozorda ham xaridori chaqqon. «Chorkesar echkichilik klasteri» shundan kelib chiqib, Belarus davlatidagi hamkorlar bilan 120 ming AQSH dollariga teng shartnoma imzoladi.

Viloyatning boshqa tumanlarida ham ushbu sohadagi loyihalar davom ettiriladi. Xususan, Chust va Kosonsoyga yaqin vaqt ichida 20 ming bosh naslli echki keltiriladi. Keyingi ikki-uch yil orasida ular sonini 80 ming boshga yetkazish ko‘zda tutilgan.

manba