O‘zbekiston Yaponiyaga mayiz eksport qiluvchi davlatlar orasida 8-o‘rinni egalladi. Bugungi kunda quritilgan mevalarni Kunchiqar yurtga yetkazib berish tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Ular Yaponiyaning eng yirik internet-do‘konlarida — Rakuten, Amazon, Yahoo sotilmoqda, shuningdek “Silk Road Fruits” savdo nomi ostida qandolat fabrikalariga yetkazib berilmoqda.

O‘zbekistondan quritilgan mevalarni import qiluvchi Yaponiyaning “Global Silk Road Inc.” kompaniyasi mamlakatimizdagi ishlab chiqaruvchilar bilan 500 ming AQSH dollariga shartnoma tuzdi.

«Dunyo» AA muxbiri “Global Silk Road Inc.” prezidenti Yosuke Shamoto bilan suhbatlashdi, savdo hamkorligini rivojlantirish va kompaniyaning istiqboldagi rejalari bilan qiziqdi.

— 2009 — 2012 yillarda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) orqali ta’lim sohasida ishlaganman, – dedi yaponiyalik biznesmen. – O‘sha kezlarda menda O‘zbekiston – Yaponiya hamkorligini rivojlantirish jarayonida qatnashish istagi paydo bo‘ldi.

2017 yilning dekabr oyida do‘stim bilan O‘zbekiston mahsulotlarini, asosan quritilgan mevalarni Yaponiya bozorlarida sotish uchun “Global Silk Road Inc.” Kompaniyasiga asos soldik.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston quritilgan mevalari shuning qatorida mayiz o‘zining betakror ta’mi bilan dunyoga mashhur.
Yaponiyada tashilayotgan yuklar sifatiga yuqori talablar mavjud , O‘zbekistonning ishonchli kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilishga, mamlakatimiz talablariga javob beradigan raqobatbardosh brendni yaratishga muvaffaq bo‘ldik.

O‘zbekistonlik eksportchilarning sa’y-harakatlari tufayli yetkazib berish hajmi muttasil oshib bormoqda.
O‘zbekiston Prezidenti rahnamoligida mamlakatda biznes yuritish uchun qulay sharoit yaratish borasida olib borilayotgan islohotlardan yaxshi xabarim bor. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekiston bilan hamkorligimiz rivojlantiradi.

O‘zbekistonning quritilgan mevalari eksport hajmini oshirishda ulkan imkoniyatlar taqdim etishi mumkin. Biz O‘zbekiston mahsulotlarining Yaponiyaga importini kengaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettiramiz.

manba

Oltin narxi 4 avgustdagi savdolar vaqtida unsiyasi uchun 2 ming dollardan oshib, tarixiy rekord o‘rnatildi.
Oktabrda yetkazib beriladigan oltining narxi savdolar vaqtida unsiyasi uchun 2002 dollarga yetgan va avvalgi savdo sessiyasiga nisbatan 1,4 foizga oshgan. Shuningdek, dekabrda yetkazib beriladigan oltin ham 1,4 foizga qimmatlab, narxi 2013,5 dollargacha ko‘tarilgan.

Umuman olganda, qimmatbaho metall yil boshidan beri 25 foizdan ko‘proqqa qimmatlagan. Mutaxassislar buni koronavirus pandemiyasi ortidagi mavhumlik bilan bog‘lashmoqda. Oltining inflyatsiyadan va valyutalarning qadrsizlanishidan himoyalovchi aktiv sifatida baholanmoqda.

Boshqa qimmatbaho metallar – kumush, platina va palladiyga ham talab oshgan.

Goldman Sachs tahlilchilari oltin narxi 12 oy ichida 2300 dollarga ko‘tarilishini prognoz qilishmoqda. Bunga AQSHda foiz stavkalari pasayotgani va oltinga talab oshishi turtki bermoqda.

manba

Joriy yilning 7 oy natijalariga ko‘ra, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport 1 mlrd. dollardan oshirishga erishildi
«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2019 yilga nisbatan mahsulotlarning eksportdagi o‘sish sur’ati 112 foizga oshdi.

Ip kalavaning jami eksportdagi ulushi 49 foiz, gazlama va trikotaj matolar, tayyor tikuv va trikotaj mahsulotlar – qo‘shimcha va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarning jami eksportdagi ulushlari 51 foizga ta’minlashga erishildi.

395 turdagi to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari 57 dan ortiq davlatlarga yetkazib berildi. Doimiy bozorlar hisoblangan MDH davlatlari qatorida Kuvayt, Vengriya, Slovakiya va Gretsiya kabi davlatlarga ham ilk bora to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Eksport qilingan mahsulotlarning asosiy qismi Rossiya Federatsiyasi (394,5 mln. dollar – 39,2 foiz), Xitoy (187,6 mln. dollar – 18,6 foiz), Qirg‘iziston (139,1 mln. dollar – 13,8 foiz) va Turkiyaga (123,5 mln. dollar – 12,3 foiz) to‘g‘ri kelmoqda.

manba

Markaziy bank dollarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini ma’lum qildi. Ushbu almashuv kurslari 4 avgust kunidan ishga kiradi.
Unga ko‘ra dollarning rasmiy kursi 2,17 so‘mga ko‘tarilib, bir dollar 10209,86 so‘mni bo’ladi.

Yevro kursi 125,05 so‘mga oshib, 12021,09 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl kursi esa 4,91 so‘mga tushgan va 1 rubl 137,46 so‘mni tashkil etgan.

manba

Iqtisodiyotni «soyadan» olib chiqish uchun biznes muhitni tubdan yaxshilash kerak, deb hisoblaydi Iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklashish markazi direktori Yuliy Yusupov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bizda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashni asosan kuchishlatar usullar: taqiqlash va jazolash orqali olib borishni yaxshi ko‘rishadi.

«Prezident yashirin iqtisodiyot masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishdi.
Bizda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashni asosan kuchishlatar usullar: taqiqlash va jazolash orqali olib borishni yaxshi ko‘rishadi deb aytadi Yuliy Yusupov.

Shu bilan birga, yashirin iqtisodiyotning ikki xil turini ajratib olish kerak: jinoiy iqtisodiyot (giyohvand moddalar, qurol savdosi – taqiqlangan narsalar) va norasmiy iqtisodiyot (qonuniy ravishda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan, ammo ba’zilarida norasmiy ish yuritish afzal ko‘rilgan tadbirkorlik faoliyati turlari). Agarda jinoiy iqtisodiyot bilan haqiqatan ham uni yo‘q qilish uchun kurashish kerak bo‘lsa, unda norasmiy iqtisodiyotni yo‘q qilish kerak emas (axir u yerda foydali tovarlar va xizmatlar ishlab chiqariladi). Norasmiy iqtisodiyotni qonuniylashtirish lozim, ya’ni biznesni «soya»dan olib chiqish. Bunga taqiq va nazoratni kuchaytirish bilan erishomisiz.

Yuliy Yusupov “Nima uchun biznes «soya»ga o‘tib ketmoqda? Ularda hammasi joyida ekani shunchaki tashqi illyuziya: ya’ni, soliq to‘lanmaydi, standartlarga rioya qilinmaydi, ruxsat olinmaydi va hokazo. Aslida, qonuniy bo‘lmagan biznesning o‘ziga xos va juda katta muammolari bor: nazorat organlariga pora berish va/yoki jinoyatchilarga pul berib qutulish, biznesni sotish yoki garovga qo‘yishning imkonsizligi, rasmiy kredit ololmaslik. Bundan tashqari, hammasidan bir zumda ayrilish hamda qamalib ketish tahdidi ostida yashash. Agar odamlar bunday jihatlarga ko‘z yumishni afzal ko‘rishsa, bu faqat qonuniy biznesning xarajatlari yuqoriligi sabablidir: ya’ni, katta soliqlar va ma’muriy to‘siqlar, rasmiy «o‘yin qoidalariga» rioya qilinsa, raqobatdosh bo‘la olmaslik”.

Shuning uchun, agar biz norasmiy iqtisodiyotni o‘ldirish emas, balki uni qonuniylashtirmoqchi bo‘lsak, unda nazoratni kuchaytirishga emas (bu korrupsiya ko‘lamini yanada oshiradi), qonuniy biznes yuritish xarajatlarini kamaytirishga e’tibor qaratishimiz kerak. Soliqlar va bojxona to‘lovlarini kamaytirish, ro‘yxatga olish va ruxsat berish tartib-qoidalarini bekor qilish yoki soddalashtirish, nazorat qilish mexanizmlari ko‘lamini qisqartirish va takomillashtirish, biznes uchun resurslar va xizmatlar bozoridagi monopoliyalarni yo‘q qilish, barcha tadbirkorlar uchun teng sharoit yaratish lozim dedi Yuliy Yusupov.

Prezident aynan shu yondashuvga e’tibor qaratmoqda – biznes yuritish uchun shart-sharoitlarni yengillashtirishga: ortiqcha ruxsat beruvchi va litsenziyalovchi jarayonlarni bekor qilish, soliq tizimini takomillashtirish, davlat idoralarining vakolatlari va nazorat funksiyalarini qisqartirish, davlat xaridlari, investitsiya loyihalari hamda bojxona nazorati sohasidagi korrupsiyani yo‘q qilish.

Menimcha, bu mutlaqo to‘g‘ri va qo‘llab-quvvatlashga loyiqdir. Asosiysi, rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirish», – dedi iqtisodchi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 iyul kuni yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokamasi yuzasidan o‘tkazgan yig‘ilishda mamlakatda yashirin iqtisodiyot darajasi yuqori ekani aytilgandi.

Davlat rahbari yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda ehtiyot bo‘lish, iqtisodiy faollikka zarar yetkazib qo‘ymaslik, buning uchun davlat organlari, biznes va jamoatchilik hamjihatlikda ishlashi muhimligini ta’kidladi.

manba

Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) va Jahon banki tomonidan koronavirusga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga ajratilgan kreditlarning umumiy hajmi 1 milliard dollardan oshdi.

Moliya vazirligi Davlat ichki va tashqi qarz departamenti direktori Jasur Qarshiboyev qarzlar qanday shartlar asosida olinayotgani to‘g‘risida aytdi.

Qayd etilishicha, Jahon banki tomonidan Islohotlarni qo‘llab-quvvatlash loyihasi (2-transh) yuzasidan qo‘shimcha moliyalashtirish sifatida 200 mln. dollar miqdoridagi imtiyozli kredit 30 yil muddatga (shundan, 5 yil imtiyozli davr) 1,2 foiz o‘zgaruvchan stavkada (6 oylik libor + 0,88 foiz o‘zgaruvchan spred) beriladigan bo’ldi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan respublika iqtisodiyotiga koronavirusga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida 375 mln. AQSH dollari ekvivalentida kredit mablag‘larini oldi.

Imtiyozli kreditlar o‘z ichiga 10 yil muddatga (shundan, 5 yil imtiyozli davr) 125 mln. AQSH dollariga teng foizsiz tezkor kreditlash liniyasi va 5 yil muddatga (shundan, 3 yil imtiyozli davr) 250 mln. AQSH dollari 1,05 foiz o‘zgaruvchan stavkadagi tezkor moliyalashtirish instrumentini oladi.

Shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki tomonidan 500 mln. AQSH dollari miqdoridagi budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun imtiyozli kredit 15 yilga (shundan, 3 yil imtiyozli) 0,84 foiz o‘zgaruvchan stavkada (6 oylik libor + 0,5 foiz) ajratildi.

Bildirilishicha, Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga xalqaro moliyaviy institutlardan jalb qilingan mablag‘larni prezidentning hamda hukumatning tegishli farmon, qaror va ko‘rsatmalariga asosan ajratilmoqda hamda mazkur ajratilgan mablag‘larning sarfi bo‘yicha tegishli ma’lumotlar Moliya vazirligi tomonidan muntazam ravishda e’lon qilinib kelinmoqda.

manba

Toshkent shahrida «Insofli soliq to‘lovchi» tizimi namuna sifatida joriy etiladi

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 iyul kuni yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgani haqida xabar e’lon qilgan edik.

Yig‘ilishda Soliq islohotlarini izchil davom ettirib, yashirin iqtisodiyotga yo‘l qo‘ymaydigan tizim joriy etish vazifasi qo‘yildi. “Insofli soliq to‘lovchi” tizimini shakllantirib, shu yil yakuniga qadar Toshkent shahrida namuna sifatida amalga oshirishga ko‘rsatma qilib ko’rsatishni vazifa berildi.

Davlat xaridlari va investitsqiya loyihalarida korrupsiyaga chek qo‘yish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Moliya vazirligiga bu borada shaffoflikni ta’minlash, jamoat nazorati va raqobatni kuchaytirish maqsadida Davlat xaridlari axborot portalini ishga tushirishirilishi aytildi.

Endilikda har bir investitsiya loyihasi korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilishi belgilandi. 2021 yildan boshlab ushbu tizim markazlashgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladigan barcha loyihalarga tatbiq etiladi.

Davlat organlarida ham yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi muvofiqlik tizimi joriy yaratilmoqda. Xususan, Qurilish, Sog‘liqni saqlash hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklarida, “O‘zbekneftgaz” va “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatlarida bu borada ishlar boshlangan. Yil yakunigacha yana 14 ta tashkilotda va davlat ulushiga ega 10 ta bankda ushbu tizimni joriy etish vazifasi qilib qo’yildi.

manba : zamin.uz

O‘zbekistonda savdo, umumiy ovqatlanish sohalarida plastik kartalar orqali to‘langan to‘lovlar daromad solig‘idan ozod etilishi mumkin

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 iyul kuni yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda bojxona va soliq tizimiga doir masalalar ham ko‘rib chiqildi. Inson omiliga chek qo‘yish orqali kontrabanda va mahsulotlarning bojxona qiymatini sun’iy pasaytirish holatlari ustidan bojxona nazoratini kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasiga import tovarlarining kirib kelishi, bojxonadan o‘tkazilishi va sotilishi bo‘yicha yagona bazani ishga tushirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, 2021 yil 1 yanvardan «Bojxona auditi» axborot tizimini joriy etish vazifasi belgilandi.

Prezident yashirin iqtisodiyotni qisqartirish uchun odamlarning legal ishlashiga ko‘maklashish, ularni manfaatdor qilish kerakligini ta’kidladi.

Masalan, o‘zini o‘zi band qilish tizimi soddalashtirilgani natijasida iyul oyining o‘zida 184 ming fuqaro rasmiy sektorda ish yurita boshladi.

Lekin qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish, transport va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalarida norasmiy bandlik darajasi hamon yuqori. Umuman, iqtisodiyotda band bo‘lgan 10,5 million aholining atigi 4,9 millioni daromad solig‘i to‘laydi.

Yig‘ilishda bunday sohalar bo‘yicha manzilli ishlash, norasmiy faoliyat yuritayotgan sub’ektlarni rag‘batlantiruvchi mexanizmlar orqali yashirin iqtisodiyotdan olib chiqish kerakligi aytildi. Savdo, umumiy ovqatlanish, transport va maishiy xizmat ko‘rsatish sohalarida plastik kartalar va boshqa turdagi kontaktsiz to‘lovlarni aylanma daromad solig‘ini hisoblash bazasiga kiritmaslik taklifi bildirildi.

Davlat rahbari kichik biznes sub’ektlari uchun soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish plastik kartadan to’lovni, tadbirkorlik faoliyatiga ruxsat berish va litsenziyalashdagi ortiqcha tartib-taomillarni yanada qisqartirish zarurligini ta’kidladi.

Masalan, 100 ta litsenziya va 34 ta ruxsatnomani qisqartirib, xabardor qilish tartibiga o‘tkazish, yana ko‘plarini soddalashtirish, 14 ta hujjatni berish muddatlarini 2 baravargacha qisqartirish mumkin. Ushbu choralar natijasida tadbirkorlar yiliga 125 milliard so‘m iqtisod qilish imkoniga ega bo‘ladi.

Shuningdek, 43 ta idoraning 270 ta nazorat funksiyasini tanqidiy o‘rganib, yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga sabab bo‘layotgan vakolatlarini qisqartirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

O‘z navbatida, korrupsion va yashirin faoliyatga mukkasidan ketgan noinsof tadbirkorlarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish zarurligi aytildi.

Yashirin iqtisodiyotni tarmoqlar va sohalar bo‘yicha tahlil qilish talab darajasida emasligi ko‘rsatib o‘tildi. Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda bir viloyat misolida yashirin iqtisodiyotning statistik hisoboti joriy etilishi belgilandi.

Korrupsiya va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda asosiy kuch biznes va jamoatchilikdir. Shu bois jamiyatda bu illatlarga nisbatan nafrat tuyg‘usini shakllantirish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali ularning salbiy oqibatlarini yoritib borish muhimligi qayd etildi.

«Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish tadbirkorlarni jazolash, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilish degani emas. Bu, ayniqsa, pandemiya davrida katta ahamiyatga ega. Joylarda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish orqali mayda korrupsiyaga ham qat’iy choralar ko‘rish zarur», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yig‘ilishda belgilangan chora-tadbirlar yuzasidan har bir vazirlik va tarmoq oldiga yil yakunida aniq ko‘rsatkichlarga (KPI) erishish vazifasi qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil iyul oyida o‘sha vaqtdagi iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayev O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot 45-46 foizni tashkil etishini ma’lum qilgandi.

manba : zamin.uz

O‘zbekiston Markaziy banki 28 iyuldan dollar valyurasini o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatda edi.

O‘zbekiston Markaziy banki 28 iyuldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatda edi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 2,7 so‘mga pasayib, 10 207,69 so‘mni tashkil qildi. Yevro esa 229,65 so‘mga oshib, 11 896,04 so‘m bo‘ldi. Shuningdek, rubl kursi ham 26 tiyinga ko‘tarilib, 142,37 so‘mga yetgan edi.

Foto: Markaziy bank
Avvalroq dollarning rasmiy kursi qatorasiga beshinchi hafta ko‘tarilib, 10 210,39 so‘mni tashkil qilgani to‘g‘risida xabar bergan edik.

manba : zamin.uz

Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida tumanlar hududlari meva-sabzavotlar, jumladan organik mahsulotlar yetishtirishga ixtisoslashtiriladi. Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Bahodir Xoliqov 24 iyul kungi brifingda shu haqda ma’lumot berdi.

Aytilishicha, hozirda bu borada Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Xoliqovga ko‘ra, modernizatsiya loyihasi doirasida intensiv bog‘lar tashkil etishda operator korxonalarni tashkil etib, banklar ishtirokisiz to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyalashtirishga 65 million dollar yo‘naltirish belgilangan.

Xoliqov brifing davomida 2020 va 2021 yillarda tashkil qilinadigan intensiv bog‘ plantatsiyalari haqida ham ma’lumot berdi.

«Respublikaning barcha hududlarida 2020 yil kuzda va 2021 yilda kamida 3 ming gektarda eksportbop meva-sabzavotlar beruvchi plantatsiya shaklida intensiv bog‘larni tashkil qilib, aholiga sotishni yo‘lga qo‘yiladi.

Mahalliy va xorijiy investorlar ishtirokida Akademik M.Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti tasarrufidagi yer maydonlarida davlat-xususiy sherikchilik asosida intensiv ko‘chatchilik loyihalari amalga oshiriladi.

Joriy yil yakuniga qadar Yevropa Ittifoqi grant mablag‘lari hisobiga institutning Namangan ilmiy-tajriba stansiyasida in vitro laboratoriyasi, Samarqand va Toshkent ilmiy-tajriba stansiyalarida tuproq tahlili, o‘simliklar fiziologiyasi hamda meva navlarini aniqlash laboratoriyalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi», – deydi vazir o‘rinbosari.

manba : zamin.uz