«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati energiyasi tizimidagi yirik avariyalarning oldini olish maqsadida respublika iste’molchilariga cheklovlar kiritilayotganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, respublika bo‘yicha kiritilayotgan cheklov miqdori 1,5–2,0 mln. kVt•soat.

«Elektr energiyasiga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshayotgan so‘nggi kunlarda, ya’ni joriy yil 21 iyul kunidan boshlab energotizimda ishlab chiqarilayotgan va iste’mol etilayotgan elektr energiyasi orasida nomutanosiblik kuzatilmoqda. Natijada energotizimdagi yirik avariyaviy holatlarning oldini olish va uning barqaror ishlashini ta’minlash (energotizim parametr ko‘rsatkichlarini me’yor darajasida saqlash) maqsadida respublika iste’molchilariga cheklovlar kiritdi.

Respublika bo‘yicha kiritilayotgan cheklov miqdori taxminan 1,5–2,0 mln.kVt•soat ni tashkil etmoqda. Bu kunlik o‘rtacha iste’mol – 195,6 mln. kVt•soatning 0,8–1,0 foizini tashkil etadi», deyiladi «O‘zbekiston MET» AJ axborot xizmati ma’lum qilishicha.

«O‘zbekiston MET» AJ axborot xizmati rahbari Ulug‘bek O‘runovning aytishicha, respublika bo‘yicha vaqtinchalik elektr ta’minotidagi uzilishlariga qo‘shni Tojikiston energotizimidan qabul qilinayotgan elektr energiyasida importi hajmining keskin qisqarishi ham sababchi.

«Tojikistonda suv tanqisligi oqibatida joriy yil 16 iyul kuni soat 02:33da kuchlanishi 500 kV bo‘lgan «Regar» va «Surxon» podstansiyalarini bog‘lovchi L-508 havo elektr uzatish tarmog‘i orqali import amaliyoti to‘xtatilgan va import miqdori sutkalik o‘rtacha 12,0 mln.kVt•soatdan 0,3 mln kVt•soatgacha kamaygan.

Shartnomaga asosan elektr energiyasi importi shartnomasi sentabr oyigacha bo‘lganligi sababli issiqlik stansiyalariga iyul oyiga elektr energiyasi importini qoplash uchun yoqilg‘i ko‘zda tutilmagan va elektr stansiyalar uskunalari ta’mirlashi lozim bo’lgan.

Shunga qaramasdan, joriy rejimlarda elektr stansiyalarga shartnomada ko‘zda tutilgan miqdordan 10–12 foiz ko‘p tabiiy gaz yetkazib berilmoqda, aniqrog‘i issiqlik elektr stansiyalarida rejaga nisbatan 8 mln. kVt•soat va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25–30 mln. kVt•soat ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda.

Tojikiston energotizimidan import miqdorining keskin kamaytirilishi «Norak» suv omboriga suv kelishining prognoz ko‘rsatkichlardan kamligi va suv sathining pastligi sababli Tojikistonning «Barki Tochik» kompaniyasi tashabbusi bilan amalga oshirildi», deydi Ulug‘bek O‘runov.

Qayd etilishicha, respublikamizda joriy yilda kuzatilayotgan suv tanqisligi uchun O‘zbekiston gidroelektrostansiyalarida shartnomaviy miqdorga nisbatan kunlik 6-7 mln. kVt•soat, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10–12 mln. kVt•soat kam elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda. Bu ham, o‘z navbatida, elektr energiyasi tanqisligini yuzaga kelmoqda.

Ulug‘bek O‘runov mavjud holatni barqarorlashtirish maqsadida «Turmenenergo» kompaniyasi bilan elektr energiyasi importi bo‘yicha shartnoma imzolangani, 2020 yilnig 28 iyuldan elektr energiyasi import qilinishi kutilayotganini ma’lum qildi.

manba : zamin.uz

24 iyul kuni oltin narxi troy unsiyasiga (31,1 gramm) 1900 dollardan oshdi. Bu 2011 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Nyu-York tovar birjasi bo‘limi hisoblanadigan Comex birjasidagi savdolar natijasida qimmatbaho metallning narxi o‘tgan sessiyaga nisbatan 0,6 foiz o‘sib, troy unsiyasiga 1902 dollar edi.

Oldin tahlilchilar koronavirus pandemiyasi tufayli oltinning narxi 1900 dollarga yetishi mumkinligini taxmin qilishgan edi. Ularning fikriga ko‘ra, infeksiya nazorat ostiga olinmasa, dunyo iqtisodiyotining o‘sishi keskin pasayadi, qimmatbaho metallning narxi yanada oshadi degan edi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida oltinning narxi 1700 dollardan oshib, 2012 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichga yetgan edi. Iyul oyida esa uning qiymati 100 dollarga qimmatlashdi va troy unsiyasiga 1810 dollarni tashkil qildi.

Ekspertlarning aytishicha, oltin ishonchli aktiv sifatida koronavirusning ikkinchi to‘lqini oldidagi qo‘rquv ta’sirida qimmatlab ketgan.

manba : zamin.uz

Joriy yilning 22 iyul kuni videokonferensaloqa shaklida O‘zbekiston, Afg‘oniston va Eron vakillari ishtirokida transport sohasidagi aloqalarni rivojlantirish, uchala tomon uchun birdek manfaatli bo‘lgan avtokarvon yo’lga qo’yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, yig‘ilishda O‘zbekiston tomoniga transport vaziri Elyor G‘aniyev, Afg‘oniston tomoniga mamlakat transport vaziri Yamo Shams, Eron tomoniga esa mamlakatning yo‘l va shaharsozlikni rivojlantirish vaziri Muhammad Islomi rahbarlik qildi.

Onlayn muloqot shaklida tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekiston transport vaziri Elyor G‘aniyev bugun dunyoda kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi sabab davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar jiddiy ravishda murakkablashib borayotganini, mazkur vaziyatda mamlakatlar o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada faollashtirish va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan qo‘shma qarorlar qabul qilish zarurligini davrning o‘zi taqozo etayotganini alohida qayd etib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, boshqa davlatlar o‘rtasidagi yuk tashish hajmi pasayishi kuzatilayotgan bir davrda Afg‘oniston yo‘nalishida yuk tashuvlar hajmi umumiy dinamikasi barqaror o‘sish sur’atlarini namoyon etmoqda. Jumladan, joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida temir yo‘l transporti orqali Afg‘onistondan va Afg‘onistonga yuk tashuvlari hajmi 2,5 mln. tonnani tashkil etdi. Bu 2019 yilning mos davriga nisbatan 50,6 foiz o‘sishga erishilganini anglatadi.

Aynan shuning uchun ham xalqaro hamjamiyat Afg‘oniston hududida amalga oshirilayotgan transport koridorlarini rivojlantirish bilan bog‘liq infratuzilma loyihalariga katta qiziqish bildirmoqda. Ayni shu jihatlardan kelib chiqqan holda uchrashuvda transafg‘on temir yo‘lining qurilish masalasi hamda “Shimol-Janub” transport koridori doirasida Eronning “Choxboxor” porti imkoniyatlaridan unumli foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda tomonlarning tranzit potensialini yanada rivojlantirishda mavjud qator muammolar xususan, tarif masalalari, yuk tashuvlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan TIR tizimidan to‘liq foydalanish, istiqbolda elektron TIR tizimini joriy etish va davlatlar chegaralaridagi bojxona infratuzilmalarini yaxshilash kabi masalalarni hamkorlikda hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha fikr almashildi.

Tomonlar mavjud muammolarni hal etish, davlatlar o‘rtasida yuk tashish va tranzit qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish masalalarini tartibga soluvchi yangilangan xalqaro hujjatni imzolash zarurligini alohida qayd etib o‘tishdi. Shu munosabat bilan Eronning yo‘l va shaharsozlikni rivojlantirish vaziri Muhammad Islomi hamkorlikdagi loyihalarni davom ettirish maqsadida davlatlar o‘rtasida maxsus ishchi guruhini tashkil etish va transport sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi yangi bitim imzolashni taklif qildi. Tomonlar yangi hujjatni shakllantirish uchun uch tomonlama ekspertlar kengashini tashkil etishga kelishib olishdi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston tomoni Eron – Afg‘oniston – O‘zbekiston yo‘nalishida ilk avtokarvonni tashkil etish taklifini bildirdi. Ushbu avtokarvon tashkil etilishi yo‘nalish bo‘ylab yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lishga va ularning yechimi yuzasidan aniq choralarni ko‘rishga imkoniyat yaratadi. Mazkur taklif Afg‘oniston va Eron tomonidan ham ma’qullandi.

Eron tomoni aynan mazkur yo‘nalishda multimodal transport koridorini tashkil etish davlatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning yanada rivojlanishga katta turtki berishini alohida qayd etib o‘tdi. Muhammad Islomi shuningdek, 2021 yilda Eron tomoni Choxboxor portidan mamlakatning Zaxedon shahrigacha temir yo‘l qurib bitkazilishi va ishga tushirilishini bu esa o‘z navbatida davlatlar o‘rtasida yuk tashuvlar hajmining ortishiga hissa qo‘shishini ta’kidlab o‘tdi.

Afg‘oniston transport vaziri Yamo Shams davlatlar o‘rtasidagi transport va tranzit aloqalarini rivojlantirishga va bu boradagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi bildirdi. Eron – Afg‘oniston – O‘zbekiston yo‘nalishida ilk multimodal avtokarvon tashkil etish va bu jarayonda xavfsizlik masalalari Afg‘oniston hukumati tomonidan to‘liq ta’minlanishini ta’kidlab o‘tdi.

manba: zamin.uz

492

Markaziy bankda inflyatsiya

O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruv kengashining navbatdagi yig‘ilishida yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya prognozi 11-12,5 foiz darajasida o‘zgartirishsiz saqlab qolinishi ma’lum qilindi. Shuningdek, hukumat bilan birgalikda unga erishish uchun barcha zaruriy choralarni ko‘rib boradi.

Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar
MB joriy yilning I choragida yillik inflyatsiya darajasi maqsadli ko‘rsatkichlar trayektoriyasidan pastroq bo‘lganini ta’kidlamoqda. Bunga, asosan, o‘sha davrda qat’iy fiskal siyosatning yuritilishi, iqtisodiyotni kreditlashning muvozanatli darajasi va tartibga solinadigan narxlarning o‘zgarishsiz qolganligi sabab qilib ko‘rsatildi.

II chorakdan boshlab inflyatsiya darajasi o‘tgan chorakka nisbatan biroz ko‘tarildi va iyun oyi yakunlari bo‘yicha 14,2 foizni tashkil etdi. Joriy yil ikkinchi choragida narxlarning o‘sishiga oziq-ovqat mahsulotlari va qurilish materiallariga bo‘lgan yuqori talab hamda iyun oyida meva va sabzavotlar narxining mavsumiy pasayishining kutilganidan ko‘ra sekinroq bo‘lishi kabi omillar oshiruvchi bosim ko‘rsatdi.

Ma’lum qilinishicha, ikkinchi chorakda bazaviy inflyatsiya nisbatan yuqori o‘sish sur’atiga ega bo‘ldi va iyun oyida yillik 13,8 foizni tashkil etdi.

Aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining kelgusi 12 oy uchun inflyatsion kutilmalarida joriy yil aprel oyidagi yuqori o‘sishdan so‘ng may-iyun oylarida sezilarli darajada pasayish kuzatildi. Ayni paytda, inflyatsion kutilmalar inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichi trayektoriyasidan sezilarli darajada yuqori shakllanmoqda.

O‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlar kelgusi oylarda narxlarning o‘sishini, birinchi navbatda, pandemiya ta’siri hamda monopol tovar va xizmatlar narxlarining o‘sishi bilan bog‘lashmoqda.

Iqtisodiy faollik
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning I yarim yilligi yakunlari bo‘yicha respublikada real YAIM hajmi 0,2 foizga oshdi.

Bunda, iste’mol tovarlari ishlab chiqarilishi, qishloq xo‘jaligi va qurilish ishlari asosiy oshiruvchi omillardan, investitsiyalar va tashqi savdo aylanmasi sekinlashtiruvchi omillardan bo‘lib, 6 oylik tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,2 foizga qisqardi.

Joriy yil mart-aprel oylarida iqtisodiy faollikning pasayishidan so‘ng may-iyun oylarida qator iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha bosqichma-bosqich tiklanish tendensiyasi kuzatilmoqda.

Iyun oyida bank to‘lov tizimi orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalarning umumiy hajmi mart va aprel oylariga nisbatan mos ravishda 39 va 30 foizga oshdi. Savdo va pullik xizmatlar sohalarida ham pul tushumlari hajmi o‘sish dinamikasining yaxshilanishi kuzatildi. Xususan, aprel oyidagi o‘tgan oyga nisbatan 34,8 foizlik (11,4 trln. so‘mdan 7,5 trln. so‘mgacha) keskin pasayishdan so‘ng savdo tushumi va boshqa daromadlar ko‘rinishidagi pul tushumlari hajmi may oyida 33,8 foizga, iyun oyida 25,3 foizga oshdi va 12,6 trln. so‘mga yetdi.

Pul-kredit sharoitlari
2020 yilning II choragida nisbatan mo‘tadil qat’iy pul-kredit sharoitlari saqlab qolindi. Banklararo pul bozorida ikki haftagacha bo‘lgan muddatli depozitlar bo‘yicha foiz stavkalarning asosiy stavkaga nisbatan ijobiy spredi (tafovuti) shakllandi.

Milliy valyutadagi depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari nisbatan barqaror bo‘lib, o‘suvchi dinamikasini namoyon qildi. Iyun oyi yakunlari bo‘yicha jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkalari 20 foizni, yuridik shaxslarning muddatli depozitlari bo‘yicha esa – 17 foizni tashkil etdi.

Milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarining yil boshidagi 25,8 foizdan iyun oyida 23,7 foizgacha pasayganligi pandemiya davrida tijorat banklariga davlat dasturlari bo‘yicha uy-joy xaridi va tadbirkorlik faoliyatini kreditlash uchun qo‘shimcha likvidlikning yo‘naltirilishi bilan izohlanadi.

Milliy valyuta almashuv kursi dinamikasi jahon iqtisodiyotida umumiy vaziyatning yomonlashishi, valyuta tushumlarining kamayishi va asosiy savdo hamkorlar milliy valyutalarining qadrsizlanishi ta’sirida shakllandi. Natijada, joriy yil aprel oyida almashuv kursi 5,8 foizga qadrsizlandi. May-iyun oylarida esa almashuv kursi nisbatan barqaror bo‘ldi va ushbu davrda devalvatsiya darajasi 0,4 foizni tashkil etdi.

Inflyatsiya prognozi
Markaziy bank iqtisodiyotdagi mavjud vaziyat va pandemiya bilan bog‘liq noaniqlik darajasini hisobga olgan holda, 2020 yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya prognozini yillik 11-12,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz saqlab qoldi.

Bunda, III chorakda energiya resurslari narxining o‘tgan yildagi oshishi ta’sirining chiqib ketishi bilan uning inflyatsiya darajasiga ta’siri minimallashishi kutilmoqda.

Karantin cheklov choralarining uzoq muddat saqlanib qolishi sharoitida asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga va dori vositalariga bo‘lgan talab yuqori darajada saqlanib qolsa, aholi xarajatlarining qayta taqsimlanishi va optimallashishi natijasida birlamchi ehtiyoj toifasiga kirmaydigan mahsulotlarga bo‘lgan talab qisqarib boradi.

Bundan tashqari, karantin cheklovlarining yanada uzaytirilishi natijasida, mehnat resurslari harakatlanishidagi cheklovlar, logistika tizimining yomonlashishi, tovarlarni tashish muddati va xarajatlarini ortishi asosiy tovarlar narxlariga oshiruvchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Joriy yil yanvar-iyun oylarida iqtisodiyotni kreditlash hajmining 18,2 foizga (38 trln. so‘mga), pul massasining 12,3 foizga (11,2 trln. so‘mga) o‘sganligi, II chorakda budjet xarajatlarining daromadlariga nisbatan sezilarli yuqori bo‘lishi bazaviy inflyatsiyani oshiruvchi omillar bo‘ldi. Umuman olganda, yil yakuni bo‘yicha bazaviy inflyatsiyaning 12 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda.

Pandemiyaga qarshi choralarning faollashtirilishi va sog‘liqni saqlash xarajatlarining oshirilishi sharoitida II yarim yillikda ham budjetga va markazlashgan jamg‘armalarga bo‘lgan bosim saqlanib qoladi va bu umumiy fiskal taqchillikning prognoz ko‘rsatkichlaridan sezilarli oshishiga olib keladi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, iqtisodiy faollikning tiklanishi va iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijasida ikkinchi yarim yillikda YAIMning ijobiy o‘sish sur’atlariga erishilishi va yil yakuni bo‘yicha uning real o‘sishi 1,5-2,0 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Xatarlar va noaniqliklar
Kelgusi davrlarda asosiy xatarlardan biri pandemiya ta’siri va uning oldini olish uchun ko‘riladigan choralar natijasida iqtisodiy vaziyatning tez o‘zgarishidir.

Bu, iqtisodiyotda yuqori darajadagi noaniqliklarning yuzaga keltirib, iqtisodiy jarayonlarning oldindan aniqlashni qiyinlashtiradi va natijada prognozlarning aniqligi va samaradorligini sezilarli darajada pasaytiradi.

Shu bilan birga, inflyatsiyaga monetar omillar, xususan, iqtisodiyotni kreditlash hajmining keskin o‘sishi bilan bog‘liq bosim saqlanib qolmoqda. Bu, o‘z navbatida, kreditlar o‘sish sur’atlarini muvozanatlashtirish va ilgari ajratilgan kreditlarning qaytuvchanligini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rishni talab etadi.

Bundan tashqari, asosiy savdo hamkorlarimiz bo‘lgan davlatlarda iqtisodiy faollikning uzoqroq muddatlarda tiklanishi va jahon bozorlaridagi noqulay narxlar muhitining saqlanib qolishi eksport va transchegaraviy pul o‘tkazmalaridan valyuta tushumining ma’lum darajada qisqarishiga olib kelishi mumkin.

Bunda, Markaziy bank tashqi va ichki sharoitlar ta’sirida inflyatsiyaning omillari va xatarlari xususiyatini chuqur o‘rganishda davom etadi hamda inflyatsiya prognoz dinamikasining shakllanishidan kelib chiqib asosiy stavka darajasi bo‘yicha tegishli qarorlarni qabul qilib boradi.

Manba: zamin.uz

Prezidentning 2020 yil 8 iyuldagi PF-6021-son Farmoni bilan tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi nazarda tutilgan.

Norma’ning yozishicha, 2020 yil 1 avgustdan boshlab:
birinchidan, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (Texnopark) rezidentlari dividendlarni chet el valyutasida to‘lashmidi. Eslatib o‘tamiz, mazkur preferensiya 2019 yil dekabrda tugatilgan Mirzo Ulugbek Innovation Center rezidentlariga taqdim etilgan, keyinroq Texnopark rezidentlariga nisbatan tatbiq etilgan edi (10.01.2019 yildagi 17-son VMQ 5-bandi);

ikkinchidan, chetdan jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga chet el valyutasida haq to‘laydigan tashkilotlar mablag‘larni ularning xorijdagi hisobvaraqlariga o‘tkazishlari kerak. Eslatib o‘tamiz, Prezidentning turli qarorlari bilan quyidagilarga ana shunday huquq berilgan:

kompaniyalar – «LG CNS Uzbekistan» QK, «O‘zbekgidroenergo» AJ, «PAXTAKOR» futbol klubi» MCHJ va «O`zbekiston tarixi» telekanaliga;

ilmiy-ma’rifiy tashkilotlar – mamlakat oliy ta’lim muassasalari, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha soha markazlari, O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi va O‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparkiga;

davlat muassasalari – Axborot kommunikatsiyalari vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Energetika vazirligi, Transport vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat veterinariya qo‘mitasi, Intellektual mulk agentligi, O‘zstandart va «Raqamli ishonch» jamg‘armasiga.

Bunda ular chetdan jalb etadigan xorijliklar o‘z xohishlariga so’mda yo’lanadigan oylik maosh sifatida o’zgartirishlar kiritishlari mumkin;

uchinchidan, mijozlarning talabnomalari bo‘yicha banklar tomonidan sotib olingan va 15 ish kuni mobaynida foydalanilmagan xorijiy valyutani so‘zsiz qayta sotish haqidagi talab bekor qilinadi (27.06.1995 yildagi PF-1193-son Farmon 8-bandi);

to‘rtinchidan, quyidagi soliq imtiyozlari olib tashlanadi:
a) 28.07.2009 yildagi PQ-1166-son qarorda nazarda tutilgan quyidagi muddatga ozod qilish shaklidagi:

5 yil muddatga – yuridik shaxslar tijorat banklarining depozitlariga va qimmatli qarz qog‘ozlariga 1 yildan ortiq muddatga joylashtirishdan olinadigan foizli daromadlari bo‘yicha soliqqa tortishdan;

3 yil muddatga – lizing xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar foyda solig‘i va lizing operatsiyalaridan tushadigan daromadlar bo‘yicha aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashdan;

b) 6.04.2010 yildagi PQ-1317-son qarorda nazarda tutilgan, tijorat banklari tomonidan, shu jumladan boshqa investorlar ishtirokida bankrot korxonalar negizida tashkil etilgan korxonalarga, yangi investorlarga sotilgunga qadar, ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytdan boshlab 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga berilgan huquqlar – asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini o‘rnatilgan me’yordan kamroq hisoblash;

beshinchidan, 3.11.2017 yildagi PQ-3351-son va 30.05.2019 yildagi PQ-4348-son qarorlardan eksport va import operatsiyalari doirasidagi alohida muddatlar chiqarib tashlanmoqda. Shu tufayli yangi Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan yuzaga keladigan ehtimoliy ziddiyatlar bartaraf etiladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan.

Manba: zamin.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun aholi, tadbirkorlik sub’ektlari, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga imzo chekildi.

Koronavirus pandemiyasi davrida aholini, ayniqsa, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmatlar sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘shimcha ravishda qo‘llab-quvvatlash, ularning daromadlarini ta’minlash, sanitariya-epidemiologik vaziyat yaxshilanishiga qarab ushbu sub’ektlarni jadal qayta tiklash, shuningdek, ish o‘rinlarini saqlab qolish maqsadida:

2020 yil 1 iyuldan 2020 yil 31 dekabrgacha:

  • umumiy ovqatlanish korxonalari va binolarni ijaraga berishga ixtisoslashgan korxonalar aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashmidi;
  • jismoniy shaxslar ko‘chmas mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lashdan ozod etiladi;
  • mol-mulkini (binolar va avtomobil transporti) ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarga soliq maqsadida ijara to‘lovlarining eng kam stavkalarini qo‘llash tartibi to‘xtatib turiladi;
  • ijaraga beruvchilarga 2020 yil uchun ijara to‘lovi miqdorini pasaytirish maqsadida, shu jumladan taqdim etilayotgan soliq imtiyozlarini inobatga olgan holda ijara to‘lovini qayta ko‘rib chiqish tavsiya etiladi.

2020 yil 1 apreldan 2020 yil 31 dekabrgacha umumiy ovqatlanish korxonalari alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imni to‘lashdan ozod qilinadi.

Prezidentning 2020 yil 19 martdagi «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF–5969-son Farmonida belgilangan alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalarning ajratmalari miqdorini 5 foizdan 3 foizga pasaytirishga doir imtiyoz muddati 2020 yil 31 dekabrga qadar uzaytiriladi. Umumiy ovqatlanish korxonalariga alkogol mahsulotlarini yetkazib berish orqali sotishi mumkin.

Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun kichik tadbirkorlik sub’ektlariga tatbiq etilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llagan holda, ularni kichik korxonalar toifasiga kiritish maqsadida 2020 yil 1 iyuldan boshlab umumiy ovqatlanish korxonalari uchun belgilangan xodimlarning yillik o‘rtacha soni 25 nafardan 50 nafarga oshiriladi.

Yangi tartibga muvofiq 2021 yil 1 iyulga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari karantin cheklovlarining bekor qilinishiga qarab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan o‘rnatilgan joylashtirish, qurish va foydalanish bo‘yicha vaqtinchalik talablarga rioya qilgan holda hamda tuman (shahar) hokimliklarini xabardor qilish orqali iste’molchilarga ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatish uchun o‘zlariga tutash bo‘sh yer uchastkalarida yengil konstruksiyalarni bepul joylashtirish va qurish huquqiga ega bo‘ladi.

2021 yil 1 iyulga qadar karantin cheklovlarining bekor qilinishiga qarab tadbirkorlik sub’ektlariga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan shartnoma tuzmasdan davlat soliq xizmati organlarini savdo muddati, mahsuloti va transport to‘xtashi taqiqlanmagan joylarni ko‘rsatgan holda xabardor qilish orqali avtodo‘kon, avtomagazin, avtotirkama, avtosisterna va fudtraklar orqali savdo qilish huquqi taqdim etilishi belgilangan.

Davlat soliq qo‘mitasi o‘zining rasmiy sayti va mobil ilovalar orqali ko‘chma savdoni boshlash to‘g‘risida elektron xabarnomalarni bepul qabul qilishni ta’minlash topshiriq qilingan.

Vazirlar Mahkamasi ikki kun muddatda umumiy ovqatlanish korxonalarida iste’molchilarga ovqatlanish yoki hordiq chiqarish xizmatlarini ko‘rsatish uchun yengil konstruksiyalarni joylashtirish, qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha vaqtinchalik talablarni tasdiqlaydi, 2021 yil 1 yanvarga qadar xalqaro tajribadan kelib chiqib, umumiy ovqatlanish korxonalarining mavsumiy kafelari ishlashi, shuningdek, ko‘chma savdoni amalga oshirish tartibini tasdiqlaydi.

2020 yilda Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan hollarda, soliq to‘lovchilarga soliq hisobotlarini taqdim etish muddatlarini besh kundan oshmagan muddatga kechiktirganlik uchun jarima solinmasligi belgilangan.

Prezidentining 2020 yil 18 maydagi «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF–5996-son Farmonida belgilangan quyidagi soliq imtiyozlari va preferensiyalari 2020 yil 31 dekabrga qadar uzaytirilgan:

a) mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilish bo‘yicha berilgan imtiyozlar:

  • kichik tadbirkorlik sub’ektlari;
  • bozorlar va savdo komplekslari, kinoteatrlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, jamoat transporti korxonalari, sport-sog‘lomlashtirish muassasalari, shuningdek, yo‘lovchi tashish, maishiy xizmatlar ko‘rsatish, binolarni, shu jumladan banketlar o‘tkazish uchun ijaraga berish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar uchun;
  • b) ijtimoiy soliq stavkasini 12 foizdan 1 foizga pasaytirish bo‘yicha mikrofirma va kichik korxonalar uchun berilgan imtiyozlar (aksizosti mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar, davlat korxonalari va ustav jamg‘armasida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno);

v) bojxona organlariga murojaat qilgan kungacha bir yildan kam bo‘lmagan muddat davomida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirayotgan mikrofirma va kichik korxonalarga, keyinchalik kechiktirilgan summani 120 kun mobaynida teng ulushlarda to‘lash sharti bilan, tovarlarni (iste’mol tovarlaridan tashqari) olib kirishda undiriladigan bojxona boji va aksiz solig‘ini to‘lash muddatini kechiktirish taqdim etish;

g) mikrofirma va kichik korxonalarda 2020 yil 15 may holatiga soliqlar, penyalar va soliq qonunchiligini buzganlik uchun hisoblangan jarimalar bo‘yicha mavjud bo‘lgan qarzdorlikni undirishni to‘xtatish.

Umumiy ovqatlanish korxonalari ijtimoiy soliqning pasaytirilgan stavkasini ishchilarning sonidan qat’i nazar qo‘llaydi.

Vakolatli organlar auditorlar, rieltorlar, baholovchilar, aktuariylar, apteka va ularning filiallari mudirlari, turistik tashkilotlarning ishchilari va gidlar (ekskursovodlar), xorijiy tillarga o‘qituvchilarning 2020 yil 1 martda tugaydigan malakaviy sertifikatlari muddatini navbatdagi malakaviy imtihonlarni o‘tkazish sanasiga qadar uzaytiradi.

«Mahalla» xayriya jamoat fondiga, «Saxovat va ko‘mak» fondiga, «O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondiga, shu jumladan ularning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi bo‘linmalariga beg‘araz yordam berish (beg‘araz yordam olish) qismida foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlarning amal qilishi 2020 yil 31 dekabrga qadar uzaytiriladi.

14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, shuningdek, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha onalarga beriladigan nafaqalar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblashda umumiy daromadga kiritilmaydi.

Manba : zamin.uz

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 20 июлдаги ПФ-6029-сонли Фармонига асосан 2020 йил 1 июндан 31 декабргача юридик шахслардан олинадиган ер солиғи имтиёзини қўллаш учун аниқлаштирилган ҳисобот тақдим этиш бўйича