48

Soliq imtiyozlariga o’zgartirishlar kiritiladi

soliq

Prezidentning 2020 yil 8 iyuldagi PF-6021-son Farmoni bilan tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi nazarda tutilgan.

Norma’ning yozishicha, 2020 yil 1 avgustdan boshlab:
birinchidan, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (Texnopark) rezidentlari dividendlarni chet el valyutasida to‘lashmidi. Eslatib o‘tamiz, mazkur preferensiya 2019 yil dekabrda tugatilgan Mirzo Ulugbek Innovation Center rezidentlariga taqdim etilgan, keyinroq Texnopark rezidentlariga nisbatan tatbiq etilgan edi (10.01.2019 yildagi 17-son VMQ 5-bandi);

ikkinchidan, chetdan jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga chet el valyutasida haq to‘laydigan tashkilotlar mablag‘larni ularning xorijdagi hisobvaraqlariga o‘tkazishlari kerak. Eslatib o‘tamiz, Prezidentning turli qarorlari bilan quyidagilarga ana shunday huquq berilgan:

kompaniyalar – «LG CNS Uzbekistan» QK, «O‘zbekgidroenergo» AJ, «PAXTAKOR» futbol klubi» MCHJ va «O`zbekiston tarixi» telekanaliga;

ilmiy-ma’rifiy tashkilotlar – mamlakat oliy ta’lim muassasalari, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha soha markazlari, O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi va O‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparkiga;

davlat muassasalari – Axborot kommunikatsiyalari vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Energetika vazirligi, Transport vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat veterinariya qo‘mitasi, Intellektual mulk agentligi, O‘zstandart va «Raqamli ishonch» jamg‘armasiga.

Bunda ular chetdan jalb etadigan xorijliklar o‘z xohishlariga so’mda yo’lanadigan oylik maosh sifatida o’zgartirishlar kiritishlari mumkin;

uchinchidan, mijozlarning talabnomalari bo‘yicha banklar tomonidan sotib olingan va 15 ish kuni mobaynida foydalanilmagan xorijiy valyutani so‘zsiz qayta sotish haqidagi talab bekor qilinadi (27.06.1995 yildagi PF-1193-son Farmon 8-bandi);

to‘rtinchidan, quyidagi soliq imtiyozlari olib tashlanadi:
a) 28.07.2009 yildagi PQ-1166-son qarorda nazarda tutilgan quyidagi muddatga ozod qilish shaklidagi:

5 yil muddatga – yuridik shaxslar tijorat banklarining depozitlariga va qimmatli qarz qog‘ozlariga 1 yildan ortiq muddatga joylashtirishdan olinadigan foizli daromadlari bo‘yicha soliqqa tortishdan;

3 yil muddatga – lizing xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar foyda solig‘i va lizing operatsiyalaridan tushadigan daromadlar bo‘yicha aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashdan;

b) 6.04.2010 yildagi PQ-1317-son qarorda nazarda tutilgan, tijorat banklari tomonidan, shu jumladan boshqa investorlar ishtirokida bankrot korxonalar negizida tashkil etilgan korxonalarga, yangi investorlarga sotilgunga qadar, ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytdan boshlab 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga berilgan huquqlar – asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini o‘rnatilgan me’yordan kamroq hisoblash;

beshinchidan, 3.11.2017 yildagi PQ-3351-son va 30.05.2019 yildagi PQ-4348-son qarorlardan eksport va import operatsiyalari doirasidagi alohida muddatlar chiqarib tashlanmoqda. Shu tufayli yangi Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan yuzaga keladigan ehtimoliy ziddiyatlar bartaraf etiladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan.

Manba: zamin.uz

Eng ko’p ko’rilganlari

FreeCurrencyRates.com